169
umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi.
Hukm
– jismlar va hodisalar o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur
shakli; biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish.
Tasdiqlovchi hukmga misol
sifatida: «psixika miyaning vazifasi», «barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi»,
inkor etishga – «suvda hech qanday yog‘ erimaydi» kabi hukmlarni keltirish
mumkin.
Biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma’lum
sinfning jislaridan
birortasi, ba’zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo‘lishiga bog‘liq ravishda
hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo‘lishi mumkin.
Ayrim hukm
: «bu odam
hech qachon aldov yo‘liga kirmaydi».
Xususiy hukm
: «ba’zi
metallar suvdan
og‘irroq».
Umumiy hukm
: «suyuqlikdagi har bir jismga u siqib chiqargan
suyuqlikka teng bo‘lgan bosim ta’sir ko‘rsatadi».
Hukmlarning ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko‘ra
ular chin va soxta
bo‘lishi mumkin.
Chin hukm
jismlar va ularning xossalari o‘rtasidagi voqelikda
mavjud bo‘lgan aloqalarni ifodalaydi. «massa – inertlik o‘lchovi» chin hukmdir.
Xato hukm
ob’ektiv hodisalar o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lmagan
aloqani
ifodalaydi, masalan: «barcha odamlar uchun o‘lim muqarrar emas».
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur shakli
Dostları ilə paylaş: