Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Umumiy va maxsus qobiliyatlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118
3.Umumiy va maxsus qobiliyatlar 
 
Qobiliyat
-shaxsga ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish, bilimlarni tez 
va osonlik bilan o‘zlashtirishga yordam beruvchi individual psixologik xususiyat. 
Qobiliyat
-shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga 
bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan 
individual xususiyatlar yig‘indisi. 
Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus qobiliyatlar) yoki hamma narsaga 
nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda (umumiy qobiliyat) moyillikda va intilishda 
ko‘rindi. Zehn qobiliyatlarning psixofiziologik asosini ifodalab asosan asab tizimi 
xossalariga ega bo‘ladi.
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi: 
Tabiiy qobiliyatlar
odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok qilish 


159 
xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir 
Maxsus insoniy qobiliyatlar
ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy 
hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida 
umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi. 
Umumiy qobiliyatlar
insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini 
ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarini 
aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. 
Ilmiy qobiliyat
abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo‘lishini, 
og‘zaki mantiqiy xotirani, qat’iyat va sabr-toqatni talab qiladi. 
Badiiy qobiliyat
sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo‘limini, 
o‘tkir emotsional ta’sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga 
tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat
praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-
farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin