Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Kasbiy sifatlar masalasini o‘rganilish holati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118
2.Kasbiy sifatlar masalasini o‘rganilish holati 
Kasbiy sifatlarni tadqiq qiluvchi jahon psixologlari uchun psixik 
voqeliklarni strukturaviyligi va sistemaliligi tamoyili, sifatlarning genetik o‘zaro 
bog‘liqlik darajasini qidirish, kasbiy faoliyatni o‘zlashtirish va amalga oshirish 
jarayonidagi shakllanishini tadqiq qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu jahon 
tadqiqotchilarining an’anaviy va konseptual metodologik bazasi bo‘lib, quyidagilar 
xizmat qiladi: kasbiy faoliyatdagi sistemagenez, shaxsning kasbiy shakllanishi, 
mehnat faoliyati va b. 
Yu.P.Povarenkovaning tadqiqotlari doirasida kasbiy sifatlar tizimli, dinamik 
va muvozanatli, inson kasbiy taraqqiyotining boshqa elementlari: kasbiy o‘z-o‘zini 
anglash, kasbiy o‘z-o‘ziga baho, kasbiy deformatsiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 
voqelik sifatida ko‘rib chiqiladi.
Muallif kasbiy sifatlarni quyidagicha tahlil qiladi: a) sub’ektning kasbiy 
faoliyatidagi tendensiya va uning kasbiy taraqqiyotidagi yetakchi ko‘rsatkich, b) 
kasbiy faoliyat, kasbiy shakllanish davomida va o‘ziga mutaxassis sifatidagi 
munosabati negizida yuzaga keluvchi emotsional holat, v) sub’ekt kasbiy 
faoliyatida funksional tizim shaklida amalga oshuvchi tuzilmadir. 
T.V.Miщenko ishlarida kasbiy sifatlar kasbiy faoliyat kontekstiga nisbatan 
ko‘rib chiqilib, bunda sub’ekt ijtimoiy muhit bilan kasbiy o‘zaro ta’sirga kirishadi 
va o‘z-o‘ziga nisbatan hurmati oshadi. Muallif kasblar olamiga yo‘naltirishni 
ta’minlovchi shaxs xarakterlariga, faoliyatda shaxs potensialining to‘la namoyon 
bo‘lish shartiga, qolaversa, kasb tanlashning mumkin bo‘lgan oqibatlarini oldindan 
ko‘ra bilishga alohida e’tibor qaratadi. Kasbiy sifatlar insonning kasbni tushunishi, 


156 
o‘zini mutaxassis sifatida qabul qilishi, o‘zining kasbiy vazifalarini a’lo darajada 
va boshqalar uchun foydali tarzda amalga oshirish bilan belgilanadi. 
Ye.N.Kiryanova kasbiy sifatlarni o‘zgaruvchan kasbiy sharoitlarda ko‘nikma 
va malakalarni shakllanganlik darajasi va keyinchalik kasbiy o‘sish bilan 
shartlangan, muayyan bir bosqichda sub’ektning kasbiy mahorat darajasiga 
erishishni ta’minlovchi individual belgi, kasbiy shartlar va kasb mazmunining 
barqaror muvofiqligi sifatida tavsiflaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatmoqdaki, kasbiy sifatlar integral xarakterga ega va mutaxassislarning 
o‘zgacha madaniyat doirasidagi kasbiy faoliyatga moslashishlarini universal asosi 
hisoblanadi. Bu sifatlarning ko‘p komponentli ekanligi haqidagi xulosani keltirib 
chiqaradi. Kasbiy mahoratning yuqori darajasi bilan bir qatorda yangicha 
sharoitdagi ish joyida ko‘nikma va malakalarni qo‘llash qobiliyati tarkibiga 
kommunikativ qobiliyatlar, emotsional-irodaviy sohaning shakllanganligi, faollik, 
sobitqadamlik, keskinlik, stressga barqarorlik, qolaversa, mehnat jamoasining 
axloqiy normalariga amal qilish kiradi. 
Professiogenez 
konsepsiyasining 
muallifi 
Ye.P.Ermolaevaning 
ta’kidlashicha, kasbiy sifatlar-ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan shaxsiy va 
kasbiy taraqqiyotning mahsulidir. Muallif kasbiy sifatlar faqatgina kasbni yuqori 
darajadagi mahorat bilan boshqarish orqali shakllanadi va faoliyat jarayonining 
asosiy elementlarini barqaror muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi, degan 
g‘oyadan kelib chiqadi. Kasbni egallash bosqichi va shunga muvofiq kasbiy 
sifatlar darajasini tahlil qilish sub’ektning o‘zi bilan kasbni identifikatsiya qilish 
darajasi kasbiy sifatlar funksiyasni amalga oshirish imkonini aniqlash 
mumkinligini ko‘rsatdi. Kasbiy sifatlar muvofiqlashtiruvchi va qayta tashkil 
qiluvchi funksiyalarini boshqaradi, ijro etadi: bu funksiyalarning o‘zaro 
muvofiqligi kasbiy o‘z-o‘zini anglash va kasbiy taraqqiyotni ta’minlaydi.
Kasbiy sifatlarning muvofiqlashtiruvchi funksiyasi kasbiy sentrizm va 
barqaror kasbiy-mintaqaviy pozitsiyani zaruriy darajasini ta’minlash bilan 
belgilanib, u quyidagi mezonlarni o‘z ichiga oladi: konstantlik (o‘zgarishlarga 
qarshilik ko‘rsatish qobiliyati), moslashuvchanlik (noadekvat kasbiy steriotiplarni 


157 
yengib o‘tishga qodirlik), distantlik (ish joyi haqidagi semantik, informatsion, 
madaniy tasavvurlarga ega bo‘lish). Qayta tashkil qiluvchi funksiya kasbiy 
pozitsiyani rivojlantirish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, kasbiy muhim 
sifatlar va shaxsning kasb bilan identifikatsiyasi diapozonini o‘zgarishi, o‘z kasbini 
boshqa kasblardan ajratish, kasbiy sifatlar tizimidagi tartiblilik yoki “tarqoqlik” 
dan iborat. Professiogenez negizida qayta quruvchi, muvofiqlashtiruvchi va amalga 
oshiruvchi komponentlarning davriy dinamikasi yotadi. Muvofiqlashtiruvchi baza 
bilan bir qatorda qayta quruvchi potensialga ega bo‘lgandagina shaxsni kasbiy 
sifatlarga ega deb hisoblash mumkin. 
K.A.Abulxanova-Slavskaya tomonidan hayot yo‘li tuzilishi (hayotiy 
pozitsiya, hayotiy chiziq, hayot mazmuni)ga asoslangan murakkab kasbiy sifatlar 
tipologiyasi ishlab chiqildi. Muallif shaxsning kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon 
qilish xususiyatlariga muvofiq quyidagi kasbiy sifatlar tipologiyasini ajratib 
ko‘rsatadi: 
1.Shaxs xarakteriga maksimal darajada yaqin bo‘lgan kasblarni tanlash orqali 
o‘zligini namoyon qilish sodir bo‘ladi. Bu holatda hayotiy imkoniyatlar shaxs 
o‘zining imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishiga sharoit yaratuvchi vaziyatlarni 
qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
2.Shaxsga kasbiy mahorat pillapoyalaridan ko‘tarilish imkonini beruvchi kasb 
tanlanadi. Bu holatda kasbiy pozitsiyaning sifatli o‘zgarishi bilan bir qatorda 
imkoniyatlarning ortishiga olib keluvchi harakat sodir bo‘ladi. Kasbiy yuksalish 
negizida mehnat faoliyatining talablari va vazifalari, shu bilan bir qatorda shaxs 
qobiliyatlarining rivojlanishi yotadi.
3.Kasbiy faoliyatda o‘zligini namoyon qilish o‘z ustida ishlash hamda shaxsiy sifat 
va qobiliyatlarini rivojlantirish orqali amalga oshadi. Kasb potensial holatidagi 
shaxs qobiliyatlarini faollashtiradi, shaxs taraqqiyoti uchun imkoniyatlar ochib 
beradi. 
4.Shaxsning o‘zligini namoyon qilish qobiliyatlari, o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-
o‘zini tahlil qilishni rivojlantirish hamda ijodiy faollikni rejalashtirishga 


158 
asoslangan bo‘ladi: bu holatda shaxs kasbiy o‘sish va rivojlanishga, qolaversa, 
shaxsiy qobiliyatlarini amalga oshirish maqsadida mehnat sharoitini qayta qurishga 
qodir bo‘ladi. 
Aytish joizki, ko‘pgina tadqiqotlarda ijtimoiy tomonga og‘ishishlar 
kuzatiladi. Masalan, L.B.Shneyder kasbiy sifatlarning ikkita muhim aspektlarini 
ajratib ko‘rsatadi: shaxsning o‘zini aniq bir kasb va mehnat jamoasi vakili sifatida 
anglashi. 
Kasbiy sifatlarni o‘rganishning qiyin tomoni, birinchidan u shaxsning aynan 
o‘ziga, ikkinchidan esa muayyan bir guruh a’zolariga tegishlidir. Muayyan bir 
ijtimoiy kategoriyalarga shaxsiy daxldorlikni idrok qilishning identifikatsiya 
jarayoni shunga muvofiq qadriyatlar tizimining shakllanishi bilan hamohang tarzda 
kechadi. Kasbiy shakllanish jarayonida sub’ekt o‘zini o‘z kasbi vakili, u yoki bu 
kasbiy sifat sohibi yoxud muayyan bir taraqqiyot bosqichidagi mutaxassis sifatida 
identifikatsiyalaydi. Shuning uchun ham “shaxsiy-ijtimoiy” kontiniumdagi kasbiy 
sifatlar baribir ham ijtimoiy chegaraga yaqinroqdir va ijtimoiy sifatlarga egalik 
qiladi (ijtimoiy guruhlardagi o‘z-o‘zini anglash, guruh tarkibiga qo‘shilish, 
guruhlararo diskriminatsiya samarasi va boshqalar). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin