Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118
 
Tafakkur mazmundorligi
deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy 
voqelik to’g’risida ongda qay miqdorda, ko’lamda mulohazalar, muhokamalar
fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab 
o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor 
bo’ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan 
tafovutlanadi.
 
Tafakkurning chuqurligi
deganimizda moddiy dunyodagi narsa-
hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o’zaro 
bog’lanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda to’liq aks etganligini tushunishimiz 
kerak. 
Tafakkur 
arsenalida 
joylashgan 
narsalarning 
qay 
yo’sinda 
sistemalashganligiga qarab to’g’ri va ratsional yo’l nazarda tutiladi, u yoki bu 
shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin. 
 
Tafakkurning kengligi
o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari 
bilan muntazam aloqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim 
belgi, xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan o’tmish yuzasidan, hozirgi davr 
haqida, shuningdek, kelajak to’g’risida mulohazalar, muammolar va 
tushunchalarni qamrab olgan tafakkur 
keng tafakkur
deyiladi. Fikr doirasi keng 
bilim saviyasi yuqori serg’oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon 
yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, 
bilimdonligi mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi. 
Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil 
tafakkurga ajratiladi. 
Tafakkurni mustaqilligi
deganda kishining shaxsiy 


173 
tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular 
yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga 
keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining 
aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal 
qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va 
tanqidiyligida namoyon bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin