15
boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdan manfaatdorligiga putur etkazsa,
mamlakat iqtisodiyoti pastga qarab ketishi xavfi tug’iladi. Soliqlar miqdori haddan
tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari kamayib ketadi, bu jarayon
zahiralar, banklardagi pul mablag’larining barakasi uchishiga, ilgari to’plangan
mablag’larning eyilib ketishiga olib keladi.
Soliqqa tortish, agar u, birinchidan, ishchi kuchini ishlab chiqarish uchun talab
qilinadigan darajada saqlab turishga zarur bo’lgan iste’molning minimal
hajmlariga salbiy ta’sir etsa,
ikkinchidan, mehnatga nisbatan iqtisodiy va moddiy
rag’batlarning harakat doirasini toraytirib qo’ysa, uchinchidan, jamg’arma
miqdorini kamaytirsa va mablag’ning to’planish jarayonini sekinlashtirsa, ishlab
chiqarish imkoniyatlarini yomonlashtirib yuborishi mumkin.
Soliqqa tortishning keyingi ikki salbiy omilini batafsil ko’rib chiqaylik.
Moddiy rag’batlantirishlarga nisbatan soliqqa tortishning noxush ta’sir
etishi ish
haqi tizimida salbiy alomatlar paydo bo’lishida ko’zga tashlanadi.
Yuqori darajada tabaqalashtirilgan soliq stavkalarining qo’llanilishi natijasida
xodim tomonidan ana shu moddiy rag’batni qabul qilishdagi oddiylik va maqbullik
ko’lami torayib qoladi.
Soliqqa tortish bazasi va uning hajmlarini noto’g’ri belgilash xodimlarning
malaka oshirishga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyati bilan shug’ullanishga
va boshqa sohalarga bo’lgan intilishiga salbiy ta’sir etadi, boisi - mehnatga
to’lanadigan haq miqdori, haqiqiy mehnat harajatlarining murakkabligi va
xususiyati o’zgarishi befarq bo’lib qoladi.
Soliqqa tortishning iqtisodiy omillarga ta’siri ikki xil ko’rinishda bo’ladi
hamda qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi.
Qiyosiy oqibat
mehnat natijalari, jamg’arish, investitsiyalash, yangi g’oyalarni joriy etish va ishlab
chiqarish faoliyatining boshqa xil ko’rinishlari bilan shug’ullanish uchun nisbatan
kamroq darajada rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Ayniqsa progressiv (oshib
boruvchi) soliqqa tortishda bunday oqibatning rag’batlantirishga zid ta’siri yaqqol
ifodalanadi.
16
Dunyodagi bir qator mamlakatlarda kapitaldan kelgan daromad va iste’molga
qarab soliqqa tortishni ko’zda tutgan soliq islohoti o’tkazilmoqda. Soliqqa
tortishning salbiy ta’sirini silliqlash maqsadida ishchi kuchini taklif etish sohasida
ish haqi ko’rinishidagi daromadlardan olinadigan soliqlarning eng yuqori qilib
belgilangan stavkalari pasaytirilmoqda. Jamg’arish va investitsiyalashga
soliqlarning ta’sir etishi borasida ham muayyan yutuqlarga erishildi.
Soliqlarning ta’siri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. Turli
ko’rinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq
tartiblari investitsiya
imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq
tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy o’sish sur’atlarining pasayib ketishiga
olib kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada davlat byudjeti daromadlarining
o’zgarishiga ham ta’sir etmay qolmaydi.
Soliqqa tortishdagi og’irlikni kapitaldan shaxsiy jamg’arishga o’tkazishning
umumiy ta’sirini bir xil ma’noda baholash qiyin, jamg’armaning
umumiy hajmi
uchun kelib chiqadigan oqibatlar soliq tushumlarining hukumat tomonidan
ishlatilish xususiyatiga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: