Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning



Yüklə 126,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix25.12.2023
ölçüsü126,11 Kb.
#195201
növüReferat
1   2   3   4   5   6
iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning ragbatlantiruvchanlik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga 
oshirish va diversifikatsiya qilish 
 
Iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik 
yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki 
beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy 
innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish asosiy ustuvor vazifalardan biri 
hisoblanadi. Bu borada Hukumatimiz tomonidan ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan 
va har yili Prezidentimiz tomonidan yil yakunlari bo’yicha qilgan ma’ruzalarida
ustuvor vazifalar to’g’risida taakidlab o’tadilar. 
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini 
yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha 
Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, 2014 yilda umumiy qiymati 2.7 milliard 
AQSh dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 150ta investitsiya loyihasi bajarilgan
1
.
Dasturga kiritilishi mo’ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg’i-
energetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, engil va 
to’qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa 
sohalarga tegishlidir.
Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi innovatsion va energiyani tejaydigan 
texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo’lgan yangi turdagi 
tovarlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish hisobidan qo’shimcha mahsulot ishlab 
chiqarish, yillik eksportni ko’paytirish, yalpi ichki mahsulot hajmini sezilarli 
darajada oshirish imkonini beradi. 
Bugungi kundagi asosiy vazifa – yangi loyihalarni qisqa muddatlarda barcha 
manfaatdor tuzilmalar, birinchi navbatda, xorijiy investorlar bilan birgalikda 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоий-
иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2014- йилга мўлжалланган иқтисодий дастурларнинг энг муҳим 
устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси,Халқ сўзи, 2014 йил 
18 январ 



batafsil ko’rib chiqish, ular bo’yicha kelishuvlarni oxiriga etkazish va strategik 
muhim dasturning qabul qilinishini tezlashtirishdan iborat.
Bugungi kunda iqtisodiy dasturlarning yana bir muhim ustuvor yo’nalishi – 
boshlangan tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish 
jarayonlarini davom ettirish hisoblanadi. 
Prezidentimiz iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish 
jarayonlari borasidagi islohot va yangilanishlar yo’nalishini 2000 yildayoq belgilab 
olinganligini, biroq jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, 
modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o’tkir qilib 
qo’yayotganligini, buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni 
safarbar etishimiz zarurligini qayd etdilar. Shuningdek, bu borada misol keltirib, 
Toshkent, Navoiy va Tollimarjondagi uchta issiqlik elektr stantsiyasida mavjud 
bo’lgan tejamkorligi past gaz qurilmalari o’rniga zamonaviy bug’-gaz 
qurilmalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish uchun katta investitsiya 
kerak bo’lishi, lekin issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda energiya manbalaridan 
foydalanish hajmini jahon standartlari darajasida qisqartirishga erishadigan 
bo’lsak, bundan keladigan samara sarf qilingan xarajatlarni har jihatdan to’la 
qoplashini, shuning uchun ham ushbu loyihalar ijrosini jadallashtirish ustida qattiq 
ishlash zarurligini ta’kidladilar. 
Mahalliy organlar va tarmoq tuzilmalari rahbarlari tomonidan sifatsiz 
mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib 
ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish uchun urinishlariga mutlaqo yo’l qo’yib 
bo’lmaydi. Bunday korxonalar aksariyati engil va oziq-ovqat sanoati sohasida 
saqlanib qolmoqda. Holbuki, bu sohalarda tez o’zgaruvchan bozor talabi texnika 
va texnologiyani uzog’i bilan 5-7 yilda, rivojlangan mamlakatlarda esa bundan 
ham qisqa muddatlarda o’zgartirishni talab etadi. Bunday vaziyatni mazkur 
korxonalarni bankrot deb e’lon qilish yo’li bilan tubdan o’zgartirish darkor. 
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi 
PF-4053 sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini 
yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida ko’zda tutilgan iqtisodiy 



nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va 
texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag’larini kengroq 
jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari muhim hisoblanadi. 
Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni 
tijorat banklariga sotish yoki to’g’ridan-to’g’ri balansiga berishning 3 ta 
mexanizmi ko’zda tutilgan: 
1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70% va undan ortiq qismini 
bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish; 
2) bankrot korxonani auktsion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan 
va tegishli majburiyatni o’z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish; 
3) bankrot korxonani tanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda 
investitsion majburiyat sharti bilan sotish. 
Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish 
hamda yangi xo’jalik faoliyatini yo’lga qo’yish jarayonlarini sezilarli darajada 
tezlashtirdi. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 
F-4010 sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi 
tartibni tasdiqlash to’g’risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning 
moliyaviy qobiliyatini tiklash bo’yicha bir qator imtiyozlar (ko’maklar) berilgan. 
Jumladan, ushbu Farmoyishga ko’ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil 
etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar:
- qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilindi; 
- uch yil davomida foyda solig’i, yagona soliq to’lovi, mulk solig’i va er 
solig’larini to’lashdan ozod qilindi; 
- boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig’i va yagona soliq 
to’lovidan ikki yil davomida ozod qilindi. 
Buning natijasida sobiq bankrot hisoblangan, endilikda tarkibiy qayta tuzish 
orqali faoliyatini yangilagan korxonalarning ko’rsatkichlarida sezilarli o’zgarishlar 
ro’y berdi. 



Shuningdek, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar orqali tijorat banklariga 
ham muayyan imkoniyatlar berilgan. Jumladan: 
bankrot korxona negizida ustav jamg’armasi 100% gacha bo’lgan yangi 
korxona tashkil etish; 
bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan, 
qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit 
summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish; 
bankrot korxona uchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb 
qilish; 
bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab, 
qaytadan bozor bahosida sotish va h.k. 
Ayni payta mazkur jarayonning samaradorligini va ta’sirchanligini ta’minlash 
maqsadida tijorat banklariga bir qator majburiyatlar yuklangan. Jumladan: 
1) tijorat banklari balansiga o’tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik 
va texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, 
zarur bo’lganda korxonani to’liq restrukturizatsiya qilish orqali faoliyat 
yo’nalishini o’zgartirish, strategik hamkorlar va investorlarni jalb qilishni nazarda 
tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish;
2) yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan 
natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy va yuqori malakali 
boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi; 
3) banklar tasarrufiga berilgan bankrot korxonalari kelgusi faoliyati ustidan 
Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo’lga qo’yilgan. 
Prezidentimiz o’z asarlarida xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini aholi 
bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida 
yanada jadal rivojlantirish – ustuvor vazifa bo’lib qolishi haqida taakidlaydilar. 
Kichik biznesni yanada qo’llab-quvvatlash vazifasi har qachongidan ko’ra 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki kichik biznes yangi-yangi ish o’rinlarini 
yaratib, bizning sharoitimizda ish bilan band aholi daromadining 70 foizdan 
ortig’ini tashkil etmoqda. 



Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish 
maqsadida institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o’z ichiga 
oladi.
Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llab-
quvvatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini ikki 
barobar oshirish ko’zda tutilgan. Buning natijasida kichik biznes sub’ektlariga 
ajratilgan kreditlar miqdori yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda. 
2014 yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kichik 
korxonalar uchun yagona soliq to’lov stavkasi 6 foizga kamaytirildi, moliyaviy, 
maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar 
yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik 
korxonalar, nodavlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni oladigan dividendlarining 
investitsiyalarga, 
avval 
olingan 
kreditlar 
uchun 
hisob-kitob 
qilishga 
yo’naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod etildi. 
Shuningdek, yagona soliq to’lovi stavkasi borish qiyin bo’lgan va tog’li 
hududlardagi chakana savdo, ulgurji va chakana savdo faoliyatini yurituvchi 
dorixonalar uchun 1 foizgacha pasaytirildi. Borish qiyin bo’lgan va tog’li 
hududlarda tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatdan o’tkazish yig’imi belgilangan 
stavkaning 20 foizi miqdorida, savdo korxonalaridan esa minimal oylik ish haqi 
miqdorida undirish belgilandi.
O’tgan yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash borasida ijobiy o’zgarishlarga 
erishildi. 
So’nggi yillarda respublikada kichik biznes, tadbirkorlikni qo’llab-quvatlash 
va rag’batlantirish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil 
tadbirlar, xizmat sohasidagi alohida olingan tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha 
qabul qilinayotgan qator dasturiy yo’nalishlar xizmat ko’rsatish va servis sohasini, 
shuningdek maishiy xizmat ko’rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan 


10 
rivojlanishiga olib kelmoqda. 2014 yilda 26 ming kichik biznes sub’ektlari tashkil 
qilinib, ularning umumiy soni 190 ming taga etgan
2

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining xizmat ko’rsatish va servis sohasini 
rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va quyidagi 
asosiy yo’nalishlar belgilab berilgan: 
- xizmatlar ko’rsatish sohasida tadbirkorlikning faoliyatini yanada 
kuchaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish;
- xizmatlar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 foizga etkazish; 
- qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar 
turlarini ko’paytirib borish; 
- an’anaviy xizmat turlari bilan birgalikda yangi istiqbolli – yuridik, 
konsalting, bank, moliya, sug’urta, lizing va baholash xizmat turlarini jadal 
rivojlantirish; 
- mamlakatimiz korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlari darajasini va 
sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini ko’paytirish; 
- xizmatlar va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash va ular 
malakasini oshirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash.
Bundan tashqari yangi xizmat turlari, jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish 
uchun qulay muhit yaratishda zarur bo’lgan moliyaviy, lizing, konsalting, yuridik 
va boshqa xizmatlar etarli darajada rivojlanmayapti. Turistik xizmat ko’rsatish 
sohasida beqiyos imkoniyatlar mavjud bo’lishiga qaramay ushbu soha o’ta sekin 
rivojlanmoqda. 
Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yicha hududiy dasturlarni tubdan 
qayta ko’rib chiqish va qishloq joylarda ularni aholi, ayniqsa, yoshlar bandligining, 
qishloqda hayot darajasini oshirishning muhim omili sifatida jadal rivojlantirishga 
doir qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish zarur. 
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоий-
иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2014- йилга мўлжалланган иқтисодий дастурларнинг энг муҳим 
устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси,Халқ сўзи, 2014 йил 
18 январ 


11 
Bu boradagi eng asosiy vazifa vaziyatga tadbirkor nuqtai nazaridan qarash, 
ya’ni unga o’z ishini rivojlantirish uchun nima to’sqinlik qilayotgani va davlat 
tomonidan qanday yordam kerakligini aniqlash lozim. Xususiy sektorga qishloq 
joylarda ko’rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratishga ham alohida ahamiyat berish darkor.
Prezidentimiz o’z asarlarida yana bir eng muhim ustuvor vazifa – bu 
mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim 
omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan 
iborat ekanligini belgilab berdilar. 
Mazkur ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratishning bir qator sabablari 
mavjud. Jumladan: 
Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va 
butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi, 
mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o’zlashtirish imkoniyatlarini 
kengaytiradi. 
Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va temir 
yo’llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi 
umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o’z 
navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning 
raqobatdoshligini oshiradi. 
Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, 
energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish, pirovard natijada 
aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
To’rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko’p mehnat talab qiladigan keng 
ko’lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, 
yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini 
oshirish imkonini beradi. 
Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, 
iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko’p jihatdan xo’jalik yurituvchi 


12 
sub’ektlarning ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga 
bog’liq. 

Yüklə 126,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin