5
1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga
oshirish va diversifikatsiya qilish
Iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik
yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki
beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy
innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish asosiy ustuvor vazifalardan biri
hisoblanadi. Bu borada Hukumatimiz tomonidan ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan
va har yili Prezidentimiz tomonidan yil yakunlari bo’yicha qilgan ma’ruzalarida
ustuvor vazifalar to’g’risida taakidlab o’tadilar.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini
yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha
Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, 2014 yilda umumiy qiymati 2.7 milliard
AQSh dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 150ta investitsiya loyihasi bajarilgan
1
.
Dasturga kiritilishi mo’ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg’i-
energetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, engil va
to’qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa
sohalarga tegishlidir.
Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi innovatsion va energiyani tejaydigan
texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo’lgan yangi turdagi
tovarlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish hisobidan qo’shimcha mahsulot ishlab
chiqarish, yillik eksportni ko’paytirish, yalpi ichki mahsulot hajmini sezilarli
darajada oshirish imkonini beradi.
Bugungi kundagi asosiy vazifa – yangi loyihalarni qisqa muddatlarda barcha
manfaatdor tuzilmalar, birinchi navbatda, xorijiy investorlar bilan birgalikda
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоий-
иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2014- йилга мўлжалланган иқтисодий дастурларнинг энг муҳим
устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси,Халқ сўзи, 2014 йил
18 январ
6
batafsil ko’rib chiqish, ular bo’yicha kelishuvlarni oxiriga etkazish va strategik
muhim dasturning qabul qilinishini tezlashtirishdan iborat.
Bugungi kunda iqtisodiy dasturlarning yana bir muhim ustuvor yo’nalishi –
boshlangan tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish
jarayonlarini davom ettirish hisoblanadi.
Prezidentimiz iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish
jarayonlari borasidagi islohot va yangilanishlar yo’nalishini 2000 yildayoq belgilab
olinganligini, biroq jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab,
modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o’tkir qilib
qo’yayotganligini, buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni
safarbar etishimiz zarurligini qayd etdilar. Shuningdek, bu borada misol keltirib,
Toshkent, Navoiy va Tollimarjondagi uchta issiqlik elektr stantsiyasida mavjud
bo’lgan tejamkorligi past gaz qurilmalari o’rniga zamonaviy bug’-gaz
qurilmalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish uchun katta investitsiya
kerak bo’lishi, lekin issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda energiya manbalaridan
foydalanish hajmini jahon standartlari darajasida qisqartirishga erishadigan
bo’lsak, bundan keladigan samara sarf qilingan xarajatlarni har jihatdan to’la
qoplashini, shuning uchun ham ushbu loyihalar ijrosini jadallashtirish ustida qattiq
ishlash zarurligini ta’kidladilar.
Mahalliy organlar va tarmoq tuzilmalari rahbarlari tomonidan sifatsiz
mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib
ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish uchun urinishlariga mutlaqo yo’l qo’yib
bo’lmaydi. Bunday korxonalar aksariyati engil va oziq-ovqat sanoati sohasida
saqlanib qolmoqda. Holbuki, bu sohalarda tez o’zgaruvchan bozor talabi texnika
va texnologiyani uzog’i bilan 5-7 yilda, rivojlangan mamlakatlarda esa bundan
ham qisqa muddatlarda o’zgartirishni talab etadi. Bunday vaziyatni mazkur
korxonalarni bankrot deb e’lon qilish yo’li bilan tubdan o’zgartirish darkor.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi
PF-4053 sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini
yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida ko’zda tutilgan iqtisodiy
7
nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va
texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag’larini kengroq
jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari muhim hisoblanadi.
Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni
tijorat banklariga sotish yoki to’g’ridan-to’g’ri balansiga berishning 3 ta
mexanizmi ko’zda tutilgan:
1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70% va undan ortiq qismini
bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish;
2) bankrot korxonani auktsion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan
va tegishli majburiyatni o’z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish;
3) bankrot korxonani tanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda
investitsion majburiyat sharti bilan sotish.
Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish
hamda yangi xo’jalik faoliyatini yo’lga qo’yish jarayonlarini sezilarli darajada
tezlashtirdi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi
F-4010 sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi
tartibni tasdiqlash to’g’risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning
moliyaviy qobiliyatini tiklash bo’yicha bir qator imtiyozlar (ko’maklar) berilgan.
Jumladan, ushbu Farmoyishga ko’ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil
etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar:
- qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilindi;
- uch yil davomida foyda solig’i, yagona soliq to’lovi, mulk solig’i va er
solig’larini to’lashdan ozod qilindi;
- boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig’i va yagona soliq
to’lovidan ikki yil davomida ozod qilindi.
Buning natijasida sobiq bankrot hisoblangan, endilikda tarkibiy qayta tuzish
orqali faoliyatini yangilagan korxonalarning ko’rsatkichlarida sezilarli o’zgarishlar
ro’y berdi.
8
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar orqali tijorat banklariga
ham muayyan imkoniyatlar berilgan. Jumladan:
bankrot korxona negizida ustav jamg’armasi 100% gacha bo’lgan yangi
korxona tashkil etish;
bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan,
qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit
summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish;
bankrot korxona uchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb
qilish;
bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab,
qaytadan bozor bahosida sotish va h.k.
Ayni payta mazkur jarayonning samaradorligini va ta’sirchanligini ta’minlash
maqsadida tijorat banklariga bir qator majburiyatlar yuklangan. Jumladan:
1) tijorat banklari balansiga o’tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik
va texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish,
zarur bo’lganda korxonani to’liq restrukturizatsiya qilish orqali faoliyat
yo’nalishini o’zgartirish, strategik hamkorlar va investorlarni jalb qilishni nazarda
tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish;
2) yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan
natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy va yuqori malakali
boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi;
3) banklar tasarrufiga berilgan bankrot korxonalari kelgusi faoliyati ustidan
Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo’lga qo’yilgan.
Prezidentimiz o’z asarlarida xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini aholi
bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida
yanada jadal rivojlantirish – ustuvor vazifa bo’lib qolishi haqida taakidlaydilar.
Kichik biznesni yanada qo’llab-quvvatlash vazifasi har qachongidan ko’ra
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki kichik biznes yangi-yangi ish o’rinlarini
yaratib, bizning sharoitimizda ish bilan band aholi daromadining 70 foizdan
ortig’ini tashkil etmoqda.
9
Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish
maqsadida institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o’z ichiga
oladi.
Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llab-
quvvatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini ikki
barobar oshirish ko’zda tutilgan. Buning natijasida kichik biznes sub’ektlariga
ajratilgan kreditlar miqdori yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda.
2014 yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kichik
korxonalar uchun yagona soliq to’lov stavkasi 6 foizga kamaytirildi, moliyaviy,
maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar
yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik
korxonalar, nodavlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni oladigan dividendlarining
investitsiyalarga,
avval
olingan
kreditlar
uchun
hisob-kitob
qilishga
yo’naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod etildi.
Shuningdek, yagona soliq to’lovi stavkasi borish qiyin bo’lgan va tog’li
hududlardagi chakana savdo, ulgurji va chakana savdo faoliyatini yurituvchi
dorixonalar uchun 1 foizgacha pasaytirildi. Borish qiyin bo’lgan va tog’li
hududlarda tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatdan o’tkazish yig’imi belgilangan
stavkaning 20 foizi miqdorida, savdo korxonalaridan esa minimal oylik ish haqi
miqdorida undirish belgilandi.
O’tgan yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash borasida ijobiy o’zgarishlarga
erishildi.
So’nggi yillarda respublikada kichik biznes, tadbirkorlikni qo’llab-quvatlash
va rag’batlantirish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil
tadbirlar, xizmat sohasidagi alohida olingan tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha
qabul qilinayotgan qator dasturiy yo’nalishlar xizmat ko’rsatish va servis sohasini,
shuningdek maishiy xizmat ko’rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan
10
rivojlanishiga olib kelmoqda. 2014 yilda 26 ming kichik biznes sub’ektlari tashkil
qilinib, ularning umumiy soni 190 ming taga etgan
2
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining xizmat ko’rsatish va servis sohasini
rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va quyidagi
asosiy yo’nalishlar belgilab berilgan:
- xizmatlar ko’rsatish sohasida tadbirkorlikning faoliyatini yanada
kuchaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish;
- xizmatlar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 foizga etkazish;
- qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar
turlarini ko’paytirib borish;
- an’anaviy xizmat turlari bilan birgalikda yangi istiqbolli – yuridik,
konsalting, bank, moliya, sug’urta, lizing va baholash xizmat turlarini jadal
rivojlantirish;
- mamlakatimiz korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlari darajasini va
sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini ko’paytirish;
- xizmatlar va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash va ular
malakasini oshirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash.
Bundan tashqari yangi xizmat turlari, jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun qulay muhit yaratishda zarur bo’lgan moliyaviy, lizing, konsalting, yuridik
va boshqa xizmatlar etarli darajada rivojlanmayapti. Turistik xizmat ko’rsatish
sohasida beqiyos imkoniyatlar mavjud bo’lishiga qaramay ushbu soha o’ta sekin
rivojlanmoqda.
Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yicha hududiy dasturlarni tubdan
qayta ko’rib chiqish va qishloq joylarda ularni aholi, ayniqsa, yoshlar bandligining,
qishloqda hayot darajasini oshirishning muhim omili sifatida jadal rivojlantirishga
doir qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish zarur.
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоий-
иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2014- йилга мўлжалланган иқтисодий дастурларнинг энг муҳим
устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси,Халқ сўзи, 2014 йил
18 январ
11
Bu boradagi eng asosiy vazifa vaziyatga tadbirkor nuqtai nazaridan qarash,
ya’ni unga o’z ishini rivojlantirish uchun nima to’sqinlik qilayotgani va davlat
tomonidan qanday yordam kerakligini aniqlash lozim. Xususiy sektorga qishloq
joylarda ko’rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratishga ham alohida ahamiyat berish darkor.
Prezidentimiz o’z asarlarida yana bir eng muhim ustuvor vazifa – bu
mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim
omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan
iborat ekanligini belgilab berdilar.
Mazkur ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratishning bir qator sabablari
mavjud. Jumladan:
Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va
butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi,
mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o’zlashtirish imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va temir
yo’llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi
umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o’z
navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning
raqobatdoshligini oshiradi.
Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi,
energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish, pirovard natijada
aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
To’rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko’p mehnat talab qiladigan keng
ko’lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa,
yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini
oshirish imkonini beradi.
Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash,
iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko’p jihatdan xo’jalik yurituvchi
12
sub’ektlarning ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga
bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |