17
Xulosa
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish
jarayonlarining davom ettirilishi barqaror va mutanosib iqtisodiy o’sishni
ta’minlash, milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish hamda jadal
taraqqiyotga erishishning muhim omili hisoblanadi.
Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi
o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi, yangi ish
o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul
vositaga aylantiradi.
So’nggi yillarda respublikada kichik biznes, tadbirkorlikni qo’llab-quvatlash
va rag’batlantirish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil
tadbirlar, xizmat sohasidagi alohida olingan tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha
qabul qilinayotgan qator dasturiy yo’nalishlar xizmat ko’rsatish va servis sohasini,
shuningdek maishiy xizmat ko’rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan
rivojlanishiga olib kelmoqda.
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning
ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli
hisoblanadi.
Davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning
iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo’jaligi tarmoqlarining
iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayin «soliq muhiti» ni yaratadi.
Muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab
turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo’lgan boshqa
tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to’lovga
qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Soliqlarning rag’batlantiruvchanligi soliq imtiyozlari va soliq stavkalari orqali
amalga oshiriladi.
|