Prokuratura to‘G‘risida



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
“PROKURATURA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA 
O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, 
№ 6, 266-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-
modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (
ilova
 qilinmoqda). 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV 
Toshkent sh., 
2001-yil 29-avgust, 
257-II-son 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
PROKURATURA TO‘G‘RISIDA 
(yangi tahriri) 
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR 
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi 
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 
rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir.
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 144-moddasining 
birinchi 
qismiga 
qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar O‘zbekiston 
Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga 
oshiradilar. 
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining (bundan buyon matnda prokuratura 
organlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni 
mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, 
huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat. 

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin