Ichki kommunikatsiya deganda korxona ichidagi bo’limlar o’rtasidagi,
korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur bo’lgan axborot almashuvi
tushuniladi. Bu yerda boshqaruv bo’g’inlari (vertikal kommunikatsiya) va
bo’limlararo (gorizontal kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi.
Rahbar va bo’ysunuvchi o’rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotda eng
ko’p uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, sex boshlig’i
yoki masterning
jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada
rahbar faqat o’z qarorini bildiribgina qolmay, bo’ysunuvchilarga ta’sir ko’rsa-tishi,
ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va xohish uyg’otishi mumkin.
Qo’pollik bilan baqirish, "so’kinish"ga va hokazolarga aslo yo’l qo’ymaslik kerak.
Rahbarning shaxsiy obro’si ko’p jihatdan u o’z fikrini qay tarzda bildirishiga,
qanday so’zlashiga bog’liq.
Noformal kommunikatsiya - bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar,
rahbarning
xizmatga doir bo’lmagan shaxsiy aloqalari, norasmiy kaiallar bilan axborot
almashuvlari kiradi. Bunday axborot almashuvi chegara doirasida bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: