9 Mavzu: Menejmentda axborot va kommunikatsiya Reja



Yüklə 121,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü121,2 Kb.
#195426
1   2   3   4   5
Lecture - 9 (1)

Internet saytlari 
1
www.samqxi.uz
- Samarqand qishloq xo’jalik instituti veb-sahifasi 
2
www.lex.uz
- O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi. 
3
www.uzreport.com
- Axborot agentligi. 
4
www.agro.uz
- O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi. 


1
 
Axborot tizimi. 
Axborot bu ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib, mazmunan yangilik 
unsurlariga ega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o’ta zarurdir. 
Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo’lmaydi. 
Axborotlar boshqaruv negizi hisoblanadi. 
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar axborot 
vositasida quyidagicha amalga oshriladi (19.1-chizma). 
Ichki axborot 
Boshqaruv buyrug’i 
1
chizma. Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari 
Boshqaruvchi 
organ 
boshqariluvchi 
ob’yektning 
holati 
hamda 
boshqariluvchi ob’yekt bog’liq bo’lgan tashqi muhit holati haqida axborotlar 
olib turadi. Bu axborot boshqaruvchi organ tomonidan qabul qilinadi va shu 
axborot asosida u boshqaruvchi axborot (qaror, buyruq)ni ishlab chiqadi. 
Shundan keyin axborot boshqariluvchi ob’yektga ta’sir o’tkazadigan 
boshqaruvchi tizimning ijroiya organiga yuboriladi va bajarilishi nazoratga 
olinadi. 
Shunday qilib, boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va 
berish jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi to’g’risidagi ichki 
axborot boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi. Bu: 

ish o’rinlariga xomashyoning kelib tushishi; 

stanok, uskunalarning ishlashi; 

ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi; 

tayyorlangan buyumlar miqdori va ularniig sifati; 

mahsulotlarni sotishi haqidagi axborotlar. Tashqi axborotlar, ya’ni: 

yuqori tashkilotlardan olanadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar; 

maxsulot istemolchilari talablari; 

boshqa korxonalarning ilg’or tajribalari; 

raqobatdoshlarning xatti-harakatlari; 

bozorlardagi holat, ulardagi muvozanat; 

inflyasiya va ishsizlik darajasi; 

byudj etga to’lovlar va xokazolarga oid ma’lumotlar shu turkumdagi 
axborotlar sirasiga kiradi. Bular tashqi muammolardan kelib chiquvchi axborotlar 
hisoblanadi. 
Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan 
aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi. 
Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga 
quyidagi talablar qo’yiladi: 
-
ishonchlilik; 
-
tushunarli, bir ma’nolilik; 
-
tezkorlik; 
-
to’liqlik; 
-
tejamlilik. 
Hozirga davrda rahbar boshqaruv ishlarida tashabbus va omilkorlik 


ko’rsatishi, tezkorlik bilan ish olib borishi, vaziyat o’zgarishni o’z vaqtida payqab 
olish, resurslar bilan manevr qila olishi, har bir konkret sharoitda maqbul qaror 
qabul qilishi zarur. Buning uchun rahbar ishonchli va mazmunli axborot olib 
turishi lozim. Ortiqcha, befoyda axborot rahbar ishini qiyinlashtiradi, ortiqcha 
mehnat va vaqt sarflashga olib keladi. 
Axborot tushunarli bo’lishi kerak, chalkash, bir-biri bilan taqqoslab 
bo’lmaydigan ko’rsatkichlar to’g’ri rahbarlik qilishga va o’z vaqtida qaror qabul 
qilishga putur yetkazadi. 
Axborotning o’z vaqtida kelishi va o’z vaqtida bajaruvchilarga yuborilishi, 
ya’ni tezkorligi ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayonining, binobarin, ishlab 
chiqarishning uzluksiz borishiga yordam beradi. Shuningdek, dastlabki axborotni 
boshqarish turli maqsadlar uchun oson o’zgarish, undan boshqaruvning barcha 
bo’g’inlarida foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-kesil ishlanishi, undan 
qo’shimcha ishlov bermasdan foydalanish ham katta ahamiyatga ega. 
Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qimmatli hisoblanadi. Kech 
berilgan axborotlar o’z qimmatini yo’qotadi. 
Ishlab chiqarish vaziyatiga tug’ri baho berish va aniq qaror qabul qilish uchun 
boshqaruv organi axborot bilan to’liq ta’min etilishi, axborot hajmi maqsadga 
muvofiq bo’lishi kerak. Axborot yetishmasligi yoki haddan tashqari ko’payib 
ketishi tezkor va to’g’ri boshqarishga xalaqt beradi. Va, nihoyat, boshqarish 
apparati xodimlari qanchalik yuqori malakali bo’lsalar, axborot qimmati ham 
shunchalik yuqori va tartibga solingan bo’ladi. Boshqarish organlari ma’lumotlar 
qabul qiluvchi texnika vositalari bilan qanchalik mukammal ta’minlangan bo’lsa, 
rahbarlarga ortiqcha, befoyda ma’lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa 
o’z navbatida axborot oqimidagi tejamkorlikni ta’minlaydi. 
Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur sharti faqat to’g’ri 
aloqagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjud bo’lishidir. Teskari aloqa har 
qanday darajadagi tizimlar harakatini rostlab turish uchun universal mexanizm 
hisoblanadi. 
Boshqariluvchi tizimdan boshqaruvchi tizimga (bo’ysunuvchidan boshliqqa) 
kelib tushadigan axborotni, ya’ni berilgan farmoyish va buyruqning natijalari 
to’g’risidagi axborotni teskari aloqa deb tushunish qabul qilingan. 
Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko’p tomonlama va xilma-xil 
aloqalar mavjudligi sharoitida teskari aloqaning ahamiyati ayniqsa ortadi. 
Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (toshpiriq) bergandan keyin shu 
farmoyish yoki buyruq qanday bajarilayotganligi to’g’risida teskari aloqa yo’li 
bo’yicha o’z vaqtida axborot bilan ta’minlanib turilmasa, boshqarish jarayoni 
buziladi va boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqadi. 
Ishlab chiqarishni va davlat boshqaruvining barcha darajalarida mustahkam 
teskari aloqa mavjuddigi xarakterlidir. Oddiy bir misol. Mamlakatimizning 
iqtisodiy va sotsial rivojlanishi bo’yicha ishlab chiqiladigan barcha qonuilar, 
albatga umumxalq muhokamasiga qo’yiladi, ularga mehnatkashlarning mulohaza 
va istaklari hisobga olinib, qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritiladi. 
Teskari aloqa yordamida axborotni jo’natuvchi bilan uni qabul qiluvchi 
o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Bu jarayonda axborotni qabul qiluvchi axborot bilan 
o’zaro almashuv jarayonining barcha bosqichlarini takrorlaydi, natijada axborotni 
yuboruvchi endi uni qabul qiluvchiga aylanadi, ya’ni har ikkala tomon o’z 
vazifalarini o’zaro almashgandek bo’ladi. 
Teskari aloqa - bu eshitganga, o’qiganga yoki ko’rganga nisbatan aks ta’sir 
yoki ta’sirlanish tayanchi. Bunda mazkur axborotni olgan shaxs shu axborotga 
bo’lgan munosabatini, tushunganligi yoki to’liq tushunmaganligini, qo’llab-
quvvatlashi yoki inkor etishini shu axborotni yuborgan shaxsga bildiradi. Bunday 
aloqa har ikkala tomonning bir-birini qanchalik tushunganini bilish uchun zarur. 


Rahbar berilgan topshiriq yoki aytilgan so’z har doim bo’ysunuvchilar 
tomonidan birdek qabul qilinadi, deb o’ylamasligi kerak. Bunday xato fikrga 
boruvchi rahbar o’zini real voqyeliqdan uzoq- lashtiradi. Teskari aloqani samarali 
o’rnatmagan rahbarning boshqaruv faoliyati zaiflashadi va inqirozga yuz tutadi. 
Shov-shuv axborot almashuv jarayonida salbiy ta’sir ko’rsatuvchi unsurlardan 
xisoblanadi. Axborotlarni uzatish nazariyasi tili bilan aytganda shov-shuv - bu 
g’oyani buzib talqin qilishda namoyon bo’ladi. Aytilgan so’zdan tortib, to uni 
qabul qilingungacha bo’lgan masofadagi turli to’siklar, shov-shuvlar axborotni 
kodlashtirish va dekodlashtirish, shuningdek rahbar bilan bo’ysunuvchi o’rtasvdagi 
aloqa jarayoniga katta ta’sir o’tkazishi mumkin. 
Shu sababli shov-shuvni ham e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. 
Hozirgi davrda xalq xo’jaligining turli bo’linmalari faoliyatini boshqarish, 
eng avvalo tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish turli-tuman axborotlarga 
bog’liq. Axborotlarning xilma-xilligi har bir boshqaruv ob’yektining faoliyati ko’p 
tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli- tumanligi bilan belgilanadi. 
Bular esa pirovard natijada ishlab chiqarish jarayonlari miqyosining kattaliga, o’ta 
murakkabligi va davom etish sur’atlarining yuqoriligi bilan bog’liqdir. 
Axborot tizimlari ikki xil bo’lishi mumkin. 
Oddiy tizim. Axborot paydo bo’lgan joydan iste’mol joyiga keltiriladi. 
Bunday axborot telefon orqali yoki signallar vositasida kelib tushishi mumkin. Bu 
turdagi axborot tizimi quyi boshqaruv bosqichiga to’g’ri keladi. Ish joyidan ustaga 
berilgan axborot bunga misol bo’la oladi. Bunday axborotga deyarli ishlov 
berilmaydi. 
Murakkab tizim. Bu tizim ishlab chiqarish va boshqaruv tarkibining 
murakkabligi bilan bog’liq. Bu yerda dastlabki axborot yuzaga keladi. Ishlov 
berishda hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi. 
Murakkab axborot tizimining har xil darajada mexanizasiyalash va 
avtomatlashtirish turlari quyidagilardan iborat: 
*
Axborotlarni 
to’la 
o’zlashtirish 
davri. 
Bunda 
axborot 
oddiy 
mexanizimlardan foydalanilgan holda butunlay qayta ishlanadi. 
*
Aralash axborot tizimi. 
Bunda axborotni mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan qurilmalari 
yordamida o’zgartirishlarga erishiladi. Bu tizim avtomatlashgan nazoratni 
ta’minlaydi, ba’zida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati ustidan odsiy 
boshqaruv jarayonini amalga oshiradi. 
*
Axborot ma’lumot tizimi. 
Bunda ko’z bilan bajariladigan nazorat uchun ba’zi bir ma’lumotlarni berish 
bilan cheklanadi. 
*
Kuzatuv axborot tizimi. 
Bu tizim avtomatlashgan nazorat va boshqaruvni ta’minlaydi. Keyingi ikkala 
tizim asosan texnologik jarayonlar to’g’risidagi axborotlarni qayta ishlash uchun 
qo’llaniladi. 
Axborotlar tizimi - bu murakkab tizim bo’lib, o’z ichiga turli hujjatlarni, 
axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatik boshqaruv tizimlarini 
oladi. Butun axborotlar tizimi aniq va doimiy ishlashi lozim. 
Har bir rahbarning uslubi ko’p jihatdan qaror qabul qilish uchun zarur va 
yetarli axborotni olish va undan foydalanishda uning shaxsiy ishlash uslubi bilan 
belgilanadi. 
Ishlab chiqarishni boshqarish - bu ijodiy jarayon, o’ziga xos bir san’at. U 
rahbarning xilma-xil ish usullarda namoyon bo’ladi. Bu usullar esa rahbarga ushbu 
sohada oz omilkor kishilarning fikrini turli kanallar orqali aniqlash va bu ijobiy 
fikrlardan boshqarish jarayonida foydalanish imkoniyatini beradi. U o’z fikrlarini 
har bir kishining ongiga yetkazish uchun ham ma’lum xislatlarga ega bo’lishi 


kerak. 
Rahbar suhbatdoshini shunday tinglay bilishi lozimki, suhbat natijasida ish 
haqida eng ko’p darajada foydali axborot olishi kerak. Bunga esa boshqarishning, 
ayniqsa o’z qo’li ostidagilarning fikrlariga, so’zlariga, taklif va tanqidlariga etibor 
bilan munosabatda bo’lgandagina erishish mumkin. Bo’ysunuvchi kishi ma’lum 
ishini bevosita bajaradi va bu ishni boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi. 
Shuning uchun rahbar o’z qo’l ostidagilar bilan suhbat qilganida o’zi uchun 
ayniqsa qimmatli bo’lgan axborotni olishni mo’ljallashi kerak. Buning uchun 
ochiq gaplashish shartini yaratishi lozim. Begonalar bo’lmasligi lozim, telefon 
qo’ng’iroqparini cheklash va hokazolar talab qilinadi. 
Rahbarning yozishni bilishi - bu faqat savodli yoza bilishi emas, balki fikrni 
qisqa va ravon, davlat tilida badiiy, sodda bayon qilish demakdir. Rahbarlikda bu 
o’z qarorini bo’ysunuvchiga yetkazish uslubidir. Ishlab chiqarishni boshqarishda 
yozish mumkin bo’lgan hamma narsani yozib qo’yishi kerak, degan qoida amal 
qiladi. Bu bo’ysunuvchiga yozilganlarga qarab o’z xatti-harakatini aniq tekshirib 
borish, rahbarga esa qarorning bajarilishini nazorat qilib turish imkoniyatini 
beradi. 
Rahbar o’ziga axborot tayyorlovchi xodimlar mehnatini tashkil eta bilishi, 
ulardan omilkorlik bilan foydalanishi kerak. Noto’g’ri, past qiymatli axborot 
tufayli yomon boshqaruv qarori qabul qilishdan ehtiyot bo’lishi, eng muximi unga 
kelayotgan axborotlarni saralab olishi darkor. Funksional xizmat xodimlari, 
yordamchilar, referentlar rahbarga eng zarur axborotlarni tekshirib berishi 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Yüklə 121,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin