MA’RUZA-2
MURAKKAB POLIEFIRLAR TEXNOLOGIYASI
R E J A :
1.Termoplastik
poliefirlar-polietilentereftalat
ishlab
chiqarish.
2. Alkid oligomerlari va to„yinmagan poliefirlar ishlab chiqarish.
3.Polietilentereftalat.
Tayanch so‘zlar:
diglikollar, dikarbon kislotalari, polieterifitsirlanish,
termoplastik murakkab poliefirlar, polietilentereftalat, lavsan, turli suyuqliklarni
qadoqlovchi idishlar, polikarbonatlar, yuqori xarorat bardoshlik, poliarelatlar,
yuqori suyuqlanmaga o‘tish xarorati, maxsus ishlatish soxalari.
MURAKKAB POLIEFIRLAR ISHLAB CHIQARISH
Murakkab poliefirlar ishlatilayotgan gidroksil hamda karboksil saqlovchi monomerlarning
funksionalligiga qarab, termoplastik va termoreaktiv murakkab poliefirlarga bo„linadi.
TERMOPLASTIK MURAKKAB POLIEFIRLAR
Termoplastik poliefirlardan hozirgi vaqtda polietilentereftalat, polikarbonat va poliarilatlar
amaliy ahamiyatga ega.
POLIETILENTEREFTALAT
Polietilentereftalat tereftal kislotasi bilan etilenglikol asosidagi poliefir bo„lib, uni
kislotaning turli hosilalari va etilenglikoldan olish mumkin.
Sanoatda polietilentereftalat ikki bosqichda uzlukli yoki uzluksiz usullarda olinadi. Birinchi
bosqichda di (
-oksietil) tereftalat quyidagi usullardan biri yordamida olinadi:
Ikkinchi bosqichda di(
-oksietil) tereftalat polikondensatlanadi:
P
OLIETILENTEREFTALATNI ISHLAB CHIQARISH
Polietilentereftalat olishni texnologiyasi xom ashyoni tayyorlash, dimetiltereftalatni
etilenglikol bilan pereeterifitsirlash, diglikoltereftalatni polikondensatlash, olingan polimerni sovitib
maydalash kabi jarayonlardan iborat.
140
0
C gacha qizdirilgan dimetiltereftalat 1-reaktorga (-rasm) solinadi. Alohida 2chi-
apparatda katalizatorning etilenglikoldagi eritmasi tayyorlanadi. Buning uchun etilenglikol 125
o
C
gacha qizdirilib, aralashtirib turilgan holda katalizator (sink atsetati) solinadi. Etilenglikoldagi
katalizator eritmasi ham 1 chi-reaktorga solinadi.
Reaktorga solinadigan komponentlarning miqdori quyidagicha (mass.qism):
Dimetiltereftalat .................................... 80
Etilenglikol ............................................ 100
Sink atsetati ........................................... 0,01
Pereeterifikatsiya azot yoki uglerod dioksidi o„tib turuvchi muhitda 200-230
0
C da 4-6 soat
davomida o„tkaziladi. Avtoklav glikol bilan metanol bug„larini ajratadigan nasadkali kolonna (3)
n HO(CH
2
)
2
OOCC
6
H
4
COO(CH
2
)
2
OH
-OCC
6
H
4
COO(CH
2
)
2
O-
n
+
nHO(CH
2
)
2
OH
-rasm. Polietilentrereftalat ishlab chiqarish jarayonining sxemasi:
1-pereetirifkasiyalash
reaktori; 2-katalizatorni eritish apparati; 3-nasadkali kolonna; 4,8-quvur qobig'i
sovitgichlar; 5-metanolni qabul qiluvchi idish; 6-turli filtr; 7-polikondensatlanish reaktori; 9-
etilenglikolni
vakuum-qabul qilish idishi;10-sovitish barabani; 11-yo'naltiruvchi vallar; 13-qirqish
dastgoxi.
bilan jihozlangan. Metanol bug„lari 4chi-sovitgichda sovitilib, 5chi-qabul qiluvchida yig„iladi,
uchib chiqayotgan dimetiltereftalat Rashig halqalaridan glikol yordamida Yuvilib yana reaktorga
qaytariladi. Metanol haydalib bo„lganidan so„ng reaktordagi massa 260-280
o
C
gacha qizdiriladi,
ortiqcha etilenglikol haydalib, suyuqlanma holidagi massa 6chi-metal elakli filtrdan 7chi-reaktorga
polikondensatlanish uchun siqib chiqariladi. Reaktor (7) ga massa solinganidan so„ng, 0,5-1 soat
davomida qoldiq etilenglikolni haydash maqsadida reaktorda 2,6 gPa (2 mm s.i.m) vakuum hosil
qilinadi. Polikondensatlanish 280
o
C da 3-5 soat davomida berilgan qovushqoqlikka erishilguncha
davom ettiriladi. Suyuqlanma holidagi polietilentereftalat siqilgan azot yordamida suv bilan
sovitilayotgan va vannaga o„rnatilgan barabanga (10) tirqichli teshikdan parda ko„rinishida
siqib
chiqariladi. Poliefir tasmasi 13 chi-maydalagichga v undan quritishga oshiriladi. Olingan
polietilentereftalatning molekula massasi 15000-30000 ni tashkil etadi.
Polietilentereftalatni chiqindilari destruksiyaga uchratuvchi moddalar bilan ishlanib (suv,
ishqor, metanol, glikol, gidrazii), qaytatdan monomerlarga aylantirilishi mumkin. Masalan,
polietilentereftalatni 2,7 Mpa bosimda 280
o
C da 3-6 soat davomida metanolizga uchratib 80%
chiqish bilan dimetiltereftalat olish mumkin.
Fosfor
kislotasi,
fosfor
kislotasining
efirlari,
n-izobaronilfenollrni
qo„shish
polielitentereftalatni harorat ta‟siriga chidamliligini oshiradi.