7.1-rasm. Laboratoriya jihozining umumiy sxemasi. 1-tuproq; 2-yer osti quvuri; 3-yerga
ko'milgan anod; 4-o'lchash qurilmasi; 5 o'lchash simlari.
Ishni
bajarishda, o'zgarmas tok manbai o'zgaruvchan tok tarmog'iga ulanib, quvurda
kerakli YExim.max potensiali hosil qilinadi. Rasmga ko'ra o'zgarmas
tok manbaini quvurga
ulangan joyi 5-sim ulangan nuqtaga to'g'ri keladi. Shu nuqtadan o'ng tomonga qarab,
himoya
potensialining o'zgarishi, quvurdan chiqazilgan o'lchov simlari orqali aniqlanadi. Har bir
nuqtadagi potensial kiymatlari o'lchanadi. Har bir sim ulangan nuqtadagi potensial qiymati ikki
marotaba o'lchanadi.
Chapdan o'ngga (ΔExto'g') va o'ngdan chapga qarab (ΔЕx tes). Ularning o'rtacha qiymati
hisoblanadi:
ΔЕx o'rt =0,5 (ΔЕ him.to`g` + ΔЕhim.tes ), V (2)
bu yerda: Х (Х3, Х4, Х5, Х6, Х7) quvur bo'limlaridan chiqazilgan o'lchovchi
simlarning tok
manbasining quvurga ulangan joyidan uzoqligini ko'rsatuvchi masofa.
Aniqlangan ΔЕxo'rt qiymatiga ko'ra, quvurning har bir bo'limi uchun (3,4,5,6,7) α (α3,
α4, α5, α6, α7) ning qiymatlari (1) ifoda bo'yicha hisoblanadi. Laboratoriya jihozida o'lchov
simlari orasidagi masofa (x) 0,25 m ga teng.
Olingan hisob natijalari 5-jadvalga yozilib, potensial qiymatlariga ko'ra ularning quvur uzunligi
bo'yicha o'zgarish egri chizig'i chiziladi va olingan natijalar asosida xulosa qilinadi.
7.1-jadval.
O'lchash va hisob natijalari
Quvurdan
chiqailgan
simlar
Potensial qiymatlari, V
α ning qiymati
ΔЕ
to'g'ri
ΔЕ
teskari
ΔЕ
o'rtacha
1
2
3
4
5
Xulosa.
Bajarilgan ishning natijalari bo'yicha quvur himoya potensialiga baho beriladi va uning
himoyalash ko'rsatkichlarini ta'minlash uzunligi aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Katodli himoya usulini tushuntiring.
2. Protektorli himoya usuli nima?
3. Protektorlar materiallari qanday turlari mavjud ?
4. Korrozion qutblanish nima?
220 V
1
2
3
5
5
5
5
5
4