148
JADIDChILIK
(arab,
"jadid "
- yangi) - yangilanish, yangi zamonaviy maktab, matbaa,
milliy taraqqiyot usullari, yullari tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilik XIX asrda
(Turkiston, Qrim, Kavkaz, Bulg‘oriya va Janubiy Ural havzasi) shakllanib kelayotgan milliy
harakatlar jarayonida vujudga kelgan. U o‘sha davrda ozodlik harakatining mafko‘rasi
vazifasini ham bajargan.
ILMIY IZLANISH
- ilmiy tadqiqotning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, yangilikni topishga
qaratilgan faoliyat, yangi natijalar olishda davom etish, yangi bilim xosil qilish. Ilmiy
kashfiyot o‘zining natijaviy xulosalari bilan tafakkurda yangi ufqlar ochishga xizmat qiladi.
Ilmiy izlanish tadqiqotchining ilm darajasi ijodiy jasurligi, qat'iyat ila intilishiga bog‘liq.
Tadqiqotchi o‘z zamonasining ilg‘or g‘oyasi bilan qurollangan, mustaqil fikrlaydigan,
yangilikni his qiladigan bo‘lgandagina, izlanish samarali va foydali bo‘lishi mumkin. Ilmiy
izlanish fan oldiga ilmni ma'lum bir ijtimoiy maqsad sari rivojlantirishga doir yangi vazifa
va masalalarni qo‘yadi.
KONFUTSIYLIK
- milodgacha bo‘lgan asrlarda Qadimgi Xitoyda yuzaga kelgan eng
muhim falsafiy va ahloqiy-siyosiy ta'limotlardan biri. Konfutsiy (Kun Szi, milodgacha 551-
479 yillar) - mazkur ta'limotning asoschisi bo‘lib, u xozirgi Shandun viloyati hududida Lu
podsholigi davrida tug‘ildi. Konfutsiylar bu vaqtlarda deyarli kambag‘allashgan eski
zodagonlar oilasiga mansub edi.
MODEL
(fransuzcha
modile,
lotincha
modulus
- nusxa, andaza,o‘lchov, me'yor) -
o‘rganilayotgan ob'ektning sun'iy ravishda yaratilgan nusxasi, u sxema, chizma, fizikaviy
konstruksiya va x..k. ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Biron bir narsa, buyumlarning nusxasi
kichiklashtirilgan, kattalashtirilgan yoki natural xolatda bo‘lishi mumkin. Unda
o‘rganilayotgan ob'ektning to‘zilishi, elementlarning xossalari, o‘zaro bog‘lanishi va bir-biri
bilan aloqadorligi aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: