145
ANAKSAGOR
(milod.av. 500-428 y.) - qadimgi yunon (klazomenlik) faylasufi,
matematigi va astronomi, taxminan, 30 yil davomida Afinada yashagan. Afina falsafa
maktabining asoschisi, Anaksimenning shogirdi. Dahriylikda ayblanib, quvg‘in qilingan
(milod.av. 431 y.). Bizga ma'lum bo‘lgan asari - "Tabiat xaqida" deb atalgan. Anaksagor
aslida astronomiya va meteorologiya sohasidagi tadqiqotlari bilan tanilgan. Quyoshning
alangaviy tabiati tug‘risidagi gipotezani yaratgan. Quyosh alangaviy tabiati tug‘risidagi
gipotezani yaratgan. Quyosh tutilishining sababi - uning Oy tomonidan to‘sib qolinishi, Oy
tutilishining sababi esa uni Quyoshdan yer to‘sib turishi ekanligini tushuntirib bergan.
Fransiyaga meteorit tushishini oldindan bashorat qilgan. Anaksagor tabiatdagi jismlar
xilma-xilligining asosini avval tartibsiz, so‘ng qo‘shilib ketib, alg‘ov-dalg‘ov (xaos)ni
vujudga keltirgan turli xil, o‘zgarmas, sanoqsiz ko‘p va cheksiz kichik unsurlar
(narsalarning urug‘ini keyinchalik gomeomeriyalar deb atagan) tashkil etadi deb hisoblagan.
ANAKSIMANDR
(milod. av. 610-540 y.y) - ioniyalik (Miletdan) naturalist faylasuf,
Falesning shogirdi va izdoshi. Anaksimandr dastlab "Tabiat haqida" deb atalgan va
bizgacha yetib kelmagan asarning muallifi sifatida tanilgan. A. aytishlaricha, bir qancha
ekspeditsiyalardan qatnashgach, bir qator geografik asarlarni yaratgan hamda, o‘sha
zamonga xos bo‘lgan jahon chegaralarini xaritada aks ettirgan. A. bir qator muhandislik
kashfiyotlarini ham kilgan. Bularning orasida Quyosh soati ("gnomon") va boshqalar bor.
A. astronomiya bilan ham shug‘ullangan, yerning kattaligini o‘sha davrda ma'lum bo‘lgan
sayyoralar bilan solishtirishga harakat qilgan.
Dostları ilə paylaş: