144
GLOSSARIY
AVERROIZM
- ispaniyalik (andalo‘ziyalik) mashhur mutafakkir Abul Valid Muhammad
ibn Axmad ibn Rushd (1126-1198) merosi ta'siri ostida g‘arbda vujudga kelgan falsafiy
yo‘nalish. Tarix takozosi bilan Arastu, Forobiy va Ibn Sino daholariga mansub g‘oyalar
(olamning abadiyligi, AQSh faolligi, determinizm tamoyili), I.R. tomonidan rivojlantirildi
va uning nomi bilan g‘arbda tanildi. Parij universiteti magistri Siger Brabantskiyni (taxm.
1240-1281 yoki 1284) keng tarqlib borgan averroizmning yirik namoyandasi deyish
mumkin.
AGNOSTITSIZM
(yunon.
agnosis -
a - inkor,
gnosis -
bilish, bilishni inkor etish,
noma'lum) - falsafiy ta'limot bo‘lib, moddiy tizimlar, tabiat va jamiyat qonuniyatlari
moxiyatini bilish imkoniyatlarini rad etib, bilimni voqyealikka muvofikligini isbotlash
mumkin emas, deb hisoblaydi. U antik skeptitsizm va o‘rta asr nominalizmidan kelib
chiqqan bo‘lib, XIX asr o‘rtalarida ingliz tabiatshunosi Geksli tomonidan muloqatga
kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: