2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

AL-FARG‘ONIY AHMAD IBN MUHAMMAD 
(Farg‘ona vodiysida tug‘ilgan, taxminan 
816 yili vafot etgan, tavallud sanasi aniq emas) - Al-Xorazmiy bilan bir vaqtda, 
Bag‘doddagi "Bayt-ul Xikmat" ilmiy markazida ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan. Kitoblari 
yevropa o‘rta asrlar universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik va qo‘llanma 
hisoblangan. Bu mutafakkirning ism-nasabi "Al-Farg‘oniy" - ni lotinchasiga 
"Alfraganus" deb ataganlar. Al - Farg‘oniy shu nom bilan dunyoda mashhur va ma'lumdir. 
AL 

XORAZMIY 
(783-850) - Abu Abdullox MUHAMMAD ibn Muso al-Xorazmiy 
Xorazmda tug‘ilgan. Bag‘doddagi "Baytul Hikma" ilmiy markazida faoliyat ko‘rsatgan va u 
yerda ilmiy rahbar bo‘lib ishlagan. 


145 
ANAKSAGOR 
(milod.av. 500-428 y.) - qadimgi yunon (klazomenlik) faylasufi, 
matematigi va astronomi, taxminan, 30 yil davomida Afinada yashagan. Afina falsafa 
maktabining asoschisi, Anaksimenning shogirdi. Dahriylikda ayblanib, quvg‘in qilingan 
(milod.av. 431 y.). Bizga ma'lum bo‘lgan asari - "Tabiat xaqida" deb atalgan. Anaksagor 
aslida astronomiya va meteorologiya sohasidagi tadqiqotlari bilan tanilgan. Quyoshning 
alangaviy tabiati tug‘risidagi gipotezani yaratgan. Quyosh alangaviy tabiati tug‘risidagi 
gipotezani yaratgan. Quyosh tutilishining sababi - uning Oy tomonidan to‘sib qolinishi, Oy 
tutilishining sababi esa uni Quyoshdan yer to‘sib turishi ekanligini tushuntirib bergan. 
Fransiyaga meteorit tushishini oldindan bashorat qilgan. Anaksagor tabiatdagi jismlar 
xilma-xilligining asosini avval tartibsiz, so‘ng qo‘shilib ketib, alg‘ov-dalg‘ov (xaos)ni 
vujudga keltirgan turli xil, o‘zgarmas, sanoqsiz ko‘p va cheksiz kichik unsurlar 
(narsalarning urug‘ini keyinchalik gomeomeriyalar deb atagan) tashkil etadi deb hisoblagan. 
ANAKSIMANDR 
(milod. av. 610-540 y.y) - ioniyalik (Miletdan) naturalist faylasuf, 
Falesning shogirdi va izdoshi. Anaksimandr dastlab "Tabiat haqida" deb atalgan va 
bizgacha yetib kelmagan asarning muallifi sifatida tanilgan. A. aytishlaricha, bir qancha 
ekspeditsiyalardan qatnashgach, bir qator geografik asarlarni yaratgan hamda, o‘sha 
zamonga xos bo‘lgan jahon chegaralarini xaritada aks ettirgan. A. bir qator muhandislik 
kashfiyotlarini ham kilgan. Bularning orasida Quyosh soati ("gnomon") va boshqalar bor. 
A. astronomiya bilan ham shug‘ullangan, yerning kattaligini o‘sha davrda ma'lum bo‘lgan 
sayyoralar bilan solishtirishga harakat qilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin