146
dan ortik risolalar muallifidir. "Parmenid", "Davlat", "Teetet", "Pir", "Fedon", va "Fedr",
"Sofist", "Politik", "Timey", "Kritil" va boshqa asarlarni yozgan.
BERUNIY
Abu Rayhon MUHAMMAD ibn Axmad (973 - 1048) - mashhur qomusiy olim
va yirik mutafakkir. Xorazmning Qiyot shahrida tug‘ilgan. B. ilm-fanning barcha sohalarida
samarali ijod etib, 162 ta kitob va risolalar yozgan deb taxmin qilinadi. Shulardan atiga 28
tasi bizgacha yetib kelgan xozirgi vaqtda allomaning "Qadimgi halklardan qolgan
yodgorliklar",
"Hindiston",
"Geodeziya",
"Ma'danshunoslik",
"Ma'sud
qonuni",
"Farmakognoziya", "Munajjimlik san'atidan boshlang‘ich tushunchalar",
uning Ibn Sino
bilan savol-javoblari va boshqalar turli tillarga tarjima qilindi hamda nashr etildi.
BILISH
- inson faoliyatining ijtimoiy-tarixiy jarayoni, ob'ektiv
voqyealikni inson ongida
aks ettirishga qaratilgan ma'naviy faoliyat.
BILISH USULI
- bilish jarayonining tamoyili,
qonun-qoidasi, talablar tizimi,
uslub va
vositasi.
BIOSFERA
- (yunoncha:
bios -
xayot va
sphaira
- shar) - hayotni qamrab olgan yer qobigi.
XVIII-XIX asr boshlarida yer qobig‘ida xayot namunasi mavjudligi tug‘risida fikr aytilgan
(Lamark). 1875 yili avstraliyalik olim. E.Zyusse biosfera tushunchasini fanga kiritgan.
BRUNO JORDANO FILIPPO
/1548, Nola - 1600. 17,2. Rim/ italyan faylasufi va shoiri;
panteizm namoyandasi. 15 yoshida monaxlikni qabul qildi. Keyinchalik cherkov aqidalarini
tankid qila boshladi. 1575yilda monaxlikdan voz kechib, Rimga keldi, keyin Shveytsariya,
Fransiya, Buyuk Britaniya va Olmoniyada yashadi. Universitetlardan astronomiya va
filosofiyadan leksiyalar o‘qidi. Sxolastik filosofiyaga katolik
cherkoviga qarashli asarlar
yezdi. 1952 yilda roxiblar uni aldab, Venetsiyaga taklif kildilar va inkvizitsiya qo‘liga
topshirdilar. B.
dinsizlikda ayblanib, 8 yil qamoqda yotdi. Lekin o‘z dunyoqarashidan
qaytmadi. Bundan g‘azablangan katolik cherkovi B.ni Rimda gulxanda kuydiradi.
BEKON FRENSIS
(1561-1626) - mashhur ingliz faylasufi, "Fanlarning buyuk tiklanishi",
"Yangi Atlantida" kabi qator asarlar muallifi. B.ning maqsadi fan tarixini bir bor ko‘zdan
kechirish, unda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf etish, sxolastikaga zarba berish, Yangi
davr fanining induktiv usulini yaratishdan iborat. Olam tarixi fan tarixidan judo bo‘lgan
taqdirda, u "ko‘zi nogiron Polifem xaykaliga juda ham o‘xshab ketadi". B.
qadimgi
yunonlar va arablar tomonidan erishilgan yutuqlar kamtarona bo‘lganligini ta'kidlaydi.
Bekon amaliyot fani uslubiyatini yaratuvchisi hisoblanadi. Uning ta'limoti yangi davrning
tafakkur uslubini belgilab berdi. Alximiya,
astrologiya, sehrgarlikni o‘tmish qoldirgan
meros sifatida talqin qiladi. Lekin ularning zaminida yotgan kuzatuvlar, tajribalar samarali
natija berganligini e'tirof etadi.
Dostları ilə paylaş: