GENEZIS - (yunon.
genesis - kelib chikmoq shallanmok) - vujudga kelish, rivojlanish.
Masalan, biogenezis (xayotni kelib chkishi yoki rivojlanishi) ni olish mumkin. Ijtimoiy va
tabiiy hodisalar genezisi falsafa va fanni qadimdan qiziktirib kelgan. Tabiiy va ijtimoiy
ob'ektlar genezisining ilmiy asoslari maxsus fanlar o‘rtasidagi umumilmiy hamda falsafiy
tariflovchi evolyusion nazariyalarda aks etgan.
GERMENEVTIKA (yunon.
hermeneia - talqin etuvchi) - til xaqidagi fanlardagi yo‘nalish
bo‘lib, unda tushunish ijtimoiy borliqni anglash sharti deb qaraladi. Tor ma'noda
germenevtika bilimning ma'lum bir tarmoqlarida mavjud matnlarni talqin qilishning krida
va usullari yiindisi deb qaraladi. Masalan, filologiya, huquqshunosliq dinshunoslik va
boshqalar.G. falsafadagi oqimlardan biri ham bo‘lib, unga matnlarni talqin qilish nazariyasi
va san'ati deb qaraladi.
GUMANIZM - (lotin.
"Humanitas" - insoniyliq insonparvarliq inson haqida g‘amxurlik) -
insonni ximoya qilishga, uning huquqlariga kafillik berishni maqsad qilib olgan ta'limot.
Ushbu ma'noda g. tushunchasi Sharq mutafakkirlarining ijodida ham o‘z aksini topgan.
Renessans, ya'ni Uygonish davrida esa g., yangi tafakkurning, ya'ni insonning dunyoda
tutgan o‘rni nuktai nazarining shakllanishi, inson faoliyatining (fanda, san'atda, siyosatda)
imkoniyatlari va chegaralari tug‘risidagi muammolar bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘ldi.
DEKART RENE (Descartes; lotin. nomi -
Cartesius - Karteziy 1596.31.3 - 1650.11.2)
fransuz faylasufi, matematigi, fizigi, filologi. La Flesh aristokratik kollejini tugatgan. 1629
yilda Gollandiyaga borib, ilmiy ishlar bilan shug‘ullandi. 1649 yilda Stokgolmga keldi va
shu yer da vafot etdi.
DIALEKTIKA (yunon.
dialektike) - rivojlanish to‘g‘risidagi falsafiy ta'limot bo‘lib, u
ontologik hamda mantiqiy tushuncha sifatida tushuniladi. Tarixiy-falsafiy an'anada d. ham
nazariya, ham uslub sifatida ta'kidlanadi.
DIDRO (Didrot) Deni (1713-1784) - fransuz faylasufi, ma'rifatparvari. Asosiy asarlari:
"Faylasuf fikrlari" (1746), "Dalamberning Didro bilan suxbati", "Dalamberning tushi" va
"Suxbatning davomi" (1769) trilogiyasi, "Materiya va harakatning falsafiy asoslari" (1770),
"Seneka xayoti" (1778), "Klavdiy va Neroning podshoxlik tajribasi" (1782), "Fiziologiya
elementlari" (1777-1780), ulimidan so‘ng nashr etilgan "Skeptikning sayri yoki xiyobonlar"
(1747), "Roxiba" (1760) antiklerikal romani, "Jiyan Ramo" (1762) ahloqiy-falsafiy romani,
"Jak fatalist va uning xujayini" (1773). Didro xayotining yigirma yildan kuprok vaqtini 35
jildlik "Ensiklopediya yoki fan, san'at va xunarmandchilikning izoxli lug‘ati"ni (1751-1780)
yaratishga sarflaydi.