AKSIOMA (yunon. -
axioma ~ so‘zsiz qabul qilingan qoida, ilk asos) - shartsiz silliogistik
hukm-muhokamaning asosiy tamoyili. A. atamasi
birinchi bo‘lib, qadimgi Yunonistonning mashhur faylasufi Arastuning asarlari orqali ilmiy
muomalaga kirib kelgan. U o‘zining bilish nazariyasida jonli mushohada va AQShiy bilish
bosqichlarining o‘zaro munosabatini tadqiq; qilar ekan, o‘ta murakkab muammoga duch
kelib qoladi.
ALGORITM - (lotin.
algoritmu, algoritmus - ibtido) ma'lum bir tipga oid hamma
masalalarni yechishda ishlatiladigan jarayonlar tizimining muayyan tartibda bajarilishi
xaqidagi aniq; qoida. O‘rta asrlarda sanoqning unli sistemasi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal
bajariladigan qoida algoritm deb atalgan. Bu koidalarni fanga IX asrda o‘zbek matematigi
MUHAMMAD al-Xorazmiy kiritgan. yevropada bunday kridalar uning nomi bilan atalib,
"algorizm" deyilgan. Keyinchalik bu nom "algoritm" ga aylangan. Al-Xorazmiyning
"Arifmetika" asarining birinchi so‘zi: Qola al-Xorazmiy so‘zlari lotin tilida Dixit
Algorithmi ("Dediki al-Xorazmiy ") deb tarjima kdpingan. Bunda Al-Xorazmiy so‘zi
bo‘zilib, Algorithmi deb yozilgan. Fanda "yevklid algoritmi", "G‘iyosiddin Qushiy
algoritmi", "Lure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi a.lar ma'lum. Bunday a.lar
soni borgan sari kupaymokda. A.tushunchasi tobora kengayib borib, a.lar nazariyasi paydo
buldi. A.lar nazariyasi esa kiberenetikaning nazariy va mantikiy asosidir.
AL -KINDIY, Abu Yusuf Yokub ibn Is’hoq ibn as-Sabox, (801-867 y.) - o‘rta asrlar davri
mashhur mutafakkiri, birinchi arab faylasufi, yirik qomusiy olim. A.-K.ning kalamiga
"Ta'riflar va narsalarning bayoni haqida", "Inson bilimlarining tasnifi", "Fanlar mohiyati va
ularning tasnifi", "Arastu kitoblarining miqdori va falsafani o‘rganish uchun zarur narsalar
x,aqida", "Birinchi falsafa x,aqida", "Beshta mohiyat to‘g‘risida yozilgan kitob" kabi kdtor
asarlar mansub. A.-K.falsafasida o‘z davrining asosiy falsafiy g‘oyalari jamlangan. A.-
K.ning falsafiy qarashlarida borliq, tabiat, Allox, olamning yaratilishi, shakl va materiya,
zamon va makon, AQSh va uning bilish jarayonidagi urni kabi muammolar uz ifodasini
topgan. Uning qarashlarida borliq masalasi yetakchi mavqyega ega.