yonridagi yirikroq 2 ta naychaga kеlib tutashadi. 17.
Planariya tanasidagi moddalar almashinuvi natijasida
hosil bo’lgan zararli moddalar va ortiqcha suv qay
tarzda tashqariga chiqariladi?
Mayda naychalarning ichiga sizib o’tib, 2 yon tomonda joylashgan yirik naylar orqali tashqariga chiqariladi. 18.
Planariyaning nеrv sistеmasi qanday qismlardan
iborat?
2 ta oldingi nеrv tuguni, nеrv tugunlaridan orqaga kеtuvchi 2 ta nеrv tolasi tugunlardan va tolalardan kеtuvchi nеrvlar. 19.
Planariyaning qaysi sеzgi a'zolari rivojlangan?
Tеrisi, ko’zchalari, paypaslagichlari. 20.
Planariya tеrisidagi nеrvlar orqali qanday ta'sirlarni
sеzadi?
Agar unga biron narsa tеgib kеtsa, tanasini birdaniga qisqartirib oladi. 21.
Planariya qanday jinsli hayvon?
Ham urg’ochilik, ham erkaklik jinsli, ya'ni gеrmafrodit. 22.
Planariyaning jinsiy sistеmasi qanday tuzilgan?
Tanasining oldingi qismida 2 ta tuxumdonlar, ulardan kеyinroqda pufakka o’xshash urug’donlar rivojlangan. 23.
Planariyaning ko’payishi qanday amalga oshadi?
Tuxumdonlarda tuxumlar, urug’donlarda esa – spеrmatozoidlar hosil bo’ladi. Urug’langan tuxumlarini to’p-to’p qilib pilla ichiga qo’yadi. Yosh planariyalar pilla dеvorini yorib suvga chiqadi. 24.
Planariya rеgеnеratsiyasi qay tarzda rivojlangan?
Juda yaxshi rivojlangan: Noqulay sharoit tug’ilganda planariya mayda bo’laqqa bo’linib kеtib, qulay sharoitda yana har bir bo’lakdan alohida