TADQIQOT NATIJALARI Mamlakatimizning yangi taraqqiyoti davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
qo„llash orqali ta‟limni boshqarishni avtomatlashtirish, elektron resurslar va masofaviy ta‟limni
yanada rivojlantirish, ta‟lim oluvchilar o„rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirishga
davlatimiz rahbari tomonidan alohida e‟tibor qaratilayotganligi, ta‟lim tizimida ham raqamli
texnologiyalarning o„rni va ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini ko„rsatib bermoqda.
Bugungi globallashuv jarayoni kechayotgan davrda, kundalik hayotimizni axborot-
komunikatsion texnologiyalari, kompyuterlar va Internetsiz tasavvur qilish mushkuldir. Shuning
uchun ham bugungi kunda raqamli texnologiyalar asta sekin kundalik hayotimizning barcha
sohalariga kirib, ijtimoiy hayotning ajralmas bir qismiga aylanib bormoqda. Aynan, ana shu
muhim jihatni hisobga olgan xolda mamlkatimizda 10 dan ortiq texnika va raqamli
texnologiyalar yo„nalishidagi mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o„quv yurtlari faoliyatini yo„lga
qo„yilganligi ham raqamli texnologiyalarning nafaqat iqtisodiyot, siyosat kabi sohalarda balki,
ta‟lim tizimida ham katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir.
Ta‟lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ommalashuvini asosiy sababi
sifatida nafaqat pedagoglar uchun, balki, o„quvchilar uchun ham qulay bo„lgan tomonlarining
mavjudligini ko„rsatishimiz mumkin. Masalan, o„quvchilar o„zlari istagan xolda va xohlagan
vaqtda ta‟lim olish imkoniga ega bo„ladi. Bundan tashqari ta‟limda raqamli texnologiyalardan
foydalanish orqali biz quyidagi:
birinchidan, pedagog kadrlar yetishmaydigan hududlarda ham o„quvchilarni onlayn yoki
masofaviy shaklda ta‟lim olishlari;
ikkinchidan, o„qituvchi va o„quvchilarning internet tarmog„idan o„zlari istagan fanga
oid ma‟lumotlarni olish, izlash, tarqatish va undan foydalanish;
uchinchidan, tizimda raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida ta‟lim
samaradorligini oshirish, vaqt va mablag„ sarfini kamaytirish;