SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
311
o„zlashtirayotganligi va muammoli vaziyatlarga tayyorligi hamda ularda tanqidiy tafakkurni
shakllanganligi, shuningdek, o„quvchilarning mustaqil o„z ustida ishlay
olish qobiliyatlarini
rivojlantirishga yo„naltirish kabi imkoniyatlarga ega bo„lamiz.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarni ta‟lim jarayoniga faol kirib borayotganligining
bosh omili bu darslarning sifatini ijobiy tomonga o„zgartirishdagi samaradorligi bilan alohida
ahamiyat kasb etayotganligidir. Bunday sifat darajasini yanada yuksalirishda o„qitishning
turli
vositalari va raqamli texnologiyalarni qo„llashning yangi strategik loyihalarini ishlab chiqish
hamda sohaga joriy etishning normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish,
yuqori
samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan o„quv xonalari, laboratoriyalar,
mediastudiyalarni o„z ichiga olgan markazlarni tashkil etish muhim omil bo„lib xizmat qiladi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil Oliy Majlisga
qilgan
murojaatnomasida: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot
texnologiyalarini egallashimiz zarur vas hart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo„lidan borish
imkoniyatini beradi”,[3]-deya ta‟kidlaganlari mamlakatimizda faqat raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishda
tub burulish yasash, balki raqamli texnologiyalarni ijtimoiy hayotning barcha
sohalariga, jumladan, ta‟lim tizimiga ham joriy etishni nazarda tutgan bo„lsalar ajab emas.
MUHOKAMA
Haqiqatdan ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish raqamli
texnologiyalardan samarali
va unimli foydalanishni talab etadi. Raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uchun
bunday texnologiyalar borasida mutaxassis kadrlardan kuchli bilim va tajribalarga ega bo„lishni
taqoza etadi. Sohalararo zarur bo„lgan yetuk mutaxassis kadrlar ta‟lim dargohlarida tayyorlanadi.
Shunday ekan, ta‟lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, biz ko„zlayotgan
maqsadlarimizni ro„yobga chiqarishning zaruriy omili bo„lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizni
yuksaltirishga qaratilga ushbu maqsadlarimizni nazarda tutib, ta„lim tizimining barcha
yo„nalishlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan
faoliyatni yanada
takomillashtirishda davlat tomonidan quyidagi:
Dostları ilə paylaş: