15 15 14 ko‘ra taqsimlanadi. Shu bilan birga, shirkat a’zolari shirkat majburiyatlariga to‘liq
javobgar bo‘ladilar. Bu, agar shirkat ishi yurishmay, qarzga botib sinsa, qarzni
shirkat a’zolari uni tashkil qilish uchun qo‘shgan mol-mulki va mablag‘i evaziga,
u ham yetmasa o‘z shaxsiy mulki evaziga qoplashga majbur deganidir. Shirkatga
qishloq xo‘jaligidagi fermer xo‘jaliklarini misol qilib keltirish mumkin.
1. Firmalar qaysi xususiyatlariga qarab turlarga bo‘linadi?
2. Firmaning har bir turiga yashayotgan hududingizdan misol keltiring.
3. Har bir firma turining afzallik va kamchilik tomonlarini sanang.
4. Shirkat va sherikchilik firmasining qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor?
5. Davlat korxonalari va xususiy firmalar nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
6. Mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan firmalar o‘rtasidagi farqni ayting.
7. Siz ulgurji savdo bilan shug‘ullanadigan firma ochmoqchi bo‘lsangiz, firmaning
qaysi turini tanlagan bo‘lar edingiz? Javobingizni asoslang.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Sherikchilik firmasi – ikki va undan ortiq shaxslarning (odam yoki
korxonalarning) mablag‘lari asosida tashkil qilingan va ma’lum kelishuv
shartlari asosida egalik qilinadigan, boshqariladigan va faoliyat natijasiga
javob beriladigan firma.
Firmaning nizom jamg‘armasi — firma faoliyatini yuritish uchun uning
tashkilotchilari tomonidan qo‘shiladigan hissa — mol-mulk va mablag‘.
Shirkat – birgalikda faoliyat ko‘rsatish maqsadida ikki va undan ortiq
kishilarning mulki asosida tashkil qilingan va faoliyat natijasiga birgalikda
to‘la javob beriladigan firma.
SHERIKCHILIK FIRMASI Ma’lumki, kattaroq miqyosdagi tadbirkorlikni tashkil qilish katta boshlang‘ich
mablag‘ni talab qiladi. Buning uchun bir necha shaxslar yoki korxonalarning
sherikchilikda ish ko‘rib, mol-mulklarini birlashtirishlariga to‘g‘ri keladi. Shu
maqsadda sherikchilik firmalari tashkil qilinadi. Sherikchilik asosida tuzilgan
firmaning tashkilotchilari uning ta’sischilari deb ataladi. Ta’sischilar firmaning
boshlang‘ich kapitaliga — nizom jamg‘armasiga o‘z pul mablag‘i va mol-mulki
bilan hissa qo‘shadilar. Ta’sischilar firmaning egalari hisoblanib, firmaning kundalik
faoliyatida va uni boshqarishda bevosita qatnashmasliklari ham mumkin. Bunday
faoliyat natijasidan olinadigan foyda ham, ko‘riladigan zarar ham ta’sischilar
o‘rtasida ta’sis shartnomasida ko‘zda tutilgan, ma’lum kelishilgan qoidaga ko‘ra
taqsimlanadi.
Sherikchilik asosida tuzilgan firmalar faoliyatidan ko‘rilgan zarar ta’sischilar
tomonidan qanday qoplanishiga qarab turli xil nomlar bilan yuritiladi. Agar
ta’sischilar ko‘rilgan zararni faqat firmani tashkil qilishda qo‘shgan hissalari
hajmidagina qoplasalar, bunday firma – mas’uliyati cheklangan sherikchilik firmasi deb ataladi. “Ltd” qo‘shimchasi, inglizcha “limited” (cheklangan) so‘zining
qisqartmasi bo‘lib, odatda, mas’uliyati cheklangan firma nomiga qo‘shib yuritiladi.
Mas’uliyati cheklanmagan sherikchilik firmasining ta’sischilari esa ko‘rilgan zararni
to‘la hajmda birgalashib qoplashadi. Hatto zarurat tug‘ilganda, o‘z shaxsiy
mulklarini sotib bo‘lsada, firma zararini qoplaydilar.