111
111
110
ISHCHI KUCHI BOZORI
Inson mehnati, uning ishchi kuchi tovar hisoblanib, u ishchi kuchi bozorida sotiladi
va sotib olinadi. Bozorda ishchi kuchi mehnatga layoqatli aholi tomonidan sotiladi.
Ishchi kuchi unga muhtoj bo‘lgan korxonalar tomonidan sotib olinadi. Demak, ishchi
kuchiga talab —
ish beruvchi korxonalar, ya’ni ishlab
chiqaruvchilar tomonidan,
uning taklifi esa, ishga layoqatli aholi tomonidan shakllantiriladi.
Kishilarning ishchi
kuchidan foydalanmaslik, bu jamiyat uchun boy berilgan imkoniyatdir. Ishchi kuchiga
bo‘lgan talab, ishlab chiqaruvchilar tomonidan shunchaki emas, balki shu ishchi kuchi
yordamida ishlab chiqariladigan tovarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib aniqlanadi.
24- MAVZU
ISHCHI KUCHI BOZORI VA ISHSIZLIK
1. Bu kasb egalari oylik ish haqi miqdorini taxminan belgilang va ularni kamayish
tartibida joylashtirib chiqing.
2. Nima sababdan bu kasb egalarining oylik maoshlari miqdori turlicha?
3. Sizningcha, oylik maoshlar miqdoriga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?
4. Yana qanday kasb va hunar egalarini taniysiz?
5. Ularni kim va qanday tartibda ishga yollaydi?
Bank xodimi
Ilmiy xodim
Sartarosh
Dostları ilə paylaş: