Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

ISHSIZLIK
Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi 
muvozanat qator omillar ta’sirida buzilib turadi. Bu omillardan biri mehnat 
bozorining boshqa tovarlar bozoriga bog‘liqligidir. Iste’mol tovarlariga bo‘lgan 
talabning o‘zgarishi, ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, 
bir tovarni ishlab chiqarishga qaraganda boshqasini ishlab chiqarish foydali bo‘lib 
qoladi. Ishchi kuchi bozorida ham shunga mos ravishda, birinchi sohada ishchilarni 
yollash qisqarib, ikkinchi sohada ishchilarga bo‘lgan talab oshadi. Ishchilar bir 
ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga kirishlari lozim bo‘lib qoladi. Toki ular boshqa soha 
bo‘yicha tovar ishlab chiqarish malakasini egallab, unga moslashib olgunlariga 
qadar, ya’ni ishchi kuchining taklifi yangi talabga moslashguncha, mehnat bozorida 
muvozanat buziladi. Kishilar ishlashni xohlasalar-da, o‘zlariga yarasha ishni topa 
olmay qolishadi. Natijada, ishsizlar paydo bo‘ladi. 
Ishsizlik
mamlakatda ishga layoqatli, belgilangan maoshga ishlashni xohlovchi 
va ish qidirib yurgan fuqarolarning borligi bilan ifodalanadi. Mehnatga layoqatli 
aholi deganda, 16 yoshdan katta (respublikamizda 16 yoshdan boshlab mehnat 
qilishga qonun bo‘yicha ruxsat etilgan) va mehnat qilishga qodir kishilar 
tushuniladi. Mamlakatning barcha mehnatga layoqatli aholisi, uning ishchi kuchi 
resurslarini tashkil qiladi. Mamlakatning mehnatga layoqatli aholisi safidan o‘z 
Formula
Ishsizlik 
darajasi
Ishchi kuchi soni
=
Ishsizlar soni


100 %


ISHSIZLIK TURLARI
Ishsizlik kelib chiqish sabablariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. Friksion ishsizlik. 
Bu ishsizlik kishilarning bir ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga 
joylashishi oralig‘ida yuzaga keladi. Shuningdek, bunday ishsizlik yoshlarning 
balog‘at yoshiga yetib yoki o‘quv yurtlarini bitirib, birinchi marta ish qidirayotgan 
paytida ham kelib chiqishi mumkin.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin