Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

2. Mavsumiy ishsizlik.
Mavsumiy ishlarning tugashi natijasida kelib chiquvchi 
ishsizlik mavsumiy ishsizlik deb ataladi. Masalan, qish oylarida qishloq xo‘jalik 
ishlari to‘xtab, qishloqlarda ko‘pchilik ishsiz qoladi. 
3. Tarkibiy ishsizlik.
Bu ishsizlik mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar 
natijasida kelib chiqadi. Mamlakat iqtisodiyotidagi eski sohalar qisqarib, o‘rniga 
yangi sohalarning paydo bo‘lishi, yangi iqtisodiy hududlarning vujudga kelishi, 
ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarning qo‘llanishi, yangi kasb egalariga, yangi 
malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarga talabni keltirib chiqaradi. Mehnatga layoqatli 
aholi yangi talabga moslashguncha tarkibiy ishsizlik paydo bo‘ladi.
4. Davriy ishsizlik
. Mamlakat iqtisodiyotining davriy o‘zgarishi bilan bog‘liq 
ishsizlik davriy ishsizlik deb ataladi. Davriy ishsizlik mamlakat iqtisodiyotining 
barcha sohalari inqirozga yuz tutgan davrda sodir bo‘ladi. Bu paytda iqtisodiy
faollik sustlashadi, yalpi talab kamayadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlik darajasining 
keskin oshishiga olib keladi. Mamlakat iqtisodiyoti jonlangan davrda esa ishchi 
kuchiga bo‘lgan yalpi talab oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlik darajasining 
pasayishiga olib keladi va hokazo. Bunday ko‘rinishdagi ishsizlik davriy ravishda 
goh o‘sib, goh pasayib turadi. Davriy ishsizlik jamiyat uchun juda og‘ir kechadi. 
xohishi bilan ishlamayotgan va ish qidirmayotganlar, uy bekalari kabilar chiqarib 
tashlansa, mamlakatning ishchi kuchi hosil bo‘ladi. Shunday qilib, mamlakatning 
ishchi kuchi — ish bilan band va ish bilan band bo‘lmaganlardan tashkil topadi. 
Mamlakatdagi ishsizlik darajasi ishsizlar sonining mamlakat ishchi kuchining 
umumiy soniga nisbatan foiz miqdori bilan o‘lchanadi. 
Ishsizlar
— 
mamlakatning ishga layoqatli, muayyan ish haqi evaziga 
ishlashga rozi, lekin ish topa olmagan yoki ish qidirib yurgan fuqarolari.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin