yaratar, ko'pincha bu maktabdagi boshqa o ‘quv predmetlari hisobiga bo'lardi. Boladagi favqulodda qobiliyat saroy kompozitori Salyerining e ’tiborini tortadi. Uning qo'lida Shubert bir yil davomida shug'ullanadi. Vaqt o'tishi bilan Fransdagi m usiqiy qobiliyatning shiddat bilan rivojlanib borishi otasini ko'proq bezovta qila boshlaydi. Hatto butun dunyoga mashhur bo'lgan m usiqachilam ing ijodiy yo'llari juda qiyin kechganligini yaxshi bilgan ota bolaning bunday taqdirga duchor boTishdan asrab qolmoqchi edi. Musiqa bilan haddan tashqari kofcp mashg'ul bo'lishga nisbatan jazo tariqasida u o'g'lin in g bayram kunlarida ham uyga kelishini ta’qiqlab q o‘yadi. Biroq hech qanday ta'qiqlar boladagi iste’dodning rivojiga tosiq b o ‘la olm asdi. Shubert konvikt bilan aloqani uzishga, zerikarli va keraksiz darslikiardan qutilish, foydasiz, insonning qalbi va aqliga ta’sir qilmaydigan qoidalami unutishga, erkinlikka chiqishga qaror qiladi. U butunlay o ‘zini musiqaga bag‘ishlam oqchi, faqat u bilan yashashga, faqatn shuning uchun yashashga intiladi. 1813 yil 28 ok tyab rd a u o 'z in in g B irin ch i sim fo n iy a si R e- m ajorni tugatadi. Shubert partituraning oxirgi sahifasiga shunday www.ziyouz.com kutubxonasi
so'zlam i yozib quygan edi: "Xotima va tugatish". Bu sim foniyaning xotimasini hamda konviktning tugallanganligini anglatardi. Uch yil u o'qituvchiga yordamchi bo'lib ishladi, bolalarga savod va boshqa dastlabki o'quv predmetlaridan dars berdi. Shunga qaramay uning musiqaga havasi, ijod qilish istagi tobora kuchayib borar edi. Uning yashovchan ijodkorlik tabiatiga hayrat bilan boqishga to'g'ri keladi.