Dag’al dalachoy, qizilpoyacha H. scabrum L bo’yi 20-50 sm keladigan ko’p
yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, shoxlanmagan, yuqori qismi qisman
shoxlangan, barglari cho’ziq nashtarsimon, qirrasi pastga qayrilgan, poyada bandsiz
qarama qarshi joylashgan. Gullari sariq rangli ro’vak to’pgul. Mevasi ko’p urug’li,
tuxumsimon ko’sakcha. Iyun-sentabr oylarida gullab, meva beradi. Adir va tog’larda,
ariq bo’ylarida, sernam yerlarda o’sadi. Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Surxondaryo,
Buxoro viloyatlarida tarqalgan.
Teshik dalachoy ( H. perforatum ) Balandligi 70-75 sm keladigan ko’p yillik
o’t. poyasisilliq, shoxlangan, bargi tuxumsimon, gullari to’pgul rovak. Urug’i avgust-
sentabrda pishadi. Respublikamizning deyarli barcha hududlarida uchraydi. Teshik
dalachoyning bargi, novda va to’pgullari, ayniqsa, gullagan paytida dorivorlik
xususiyati juda yuqori bo’ladi. Bu turdan tibbiyotdan tashqari, sanoatda bo’yoq olishda
ham ishlatiladi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Aniqlagich yordamida turkum turlaridan 3 tasini aniqlang.
2. Aniqlagan turlaringizga botanik ta’rif bering.
3. Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo’llaniladigan
Hypericum L turlarini aniqlang.
4. D. chizmada berilgan turkum vakili
H. perforatum rasmini ish daftaringizga
chizing.
A.
(Toshkent. Chotqol. Chimyon. Oqsoy. 28.06.2016. Tulkin Tillayev)
82
B.
(Krasnodar. Shaumyan dovoni. 06.10.2016. Sergey Banketov)
C.
Hypericum perforatum Hypericum perforatum o’simligi tarqalgan areal.