O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

 
 



Kirish
O'zbekiston florasida 4500 ga yaqin yuksak o'simlik turlari mavjud bo'lib, 
ularning ko'pchiligi foydali o'simliklar hisoblanadi. Masalan, oziq ovqat o'simliklari 42 
turni, ozuqabop (yem hashak) o'simliklar 107 turni, dorivor o'simliklar 113 turni, 
alkaloid saqlovchi o'simliklar 76 turni, saponin saqlovchi o'simliklar 15 turni, efir 
moyli o'simliklar 53 turni, yog' to'plovchi o'simliklar 56 turni, tanid saqlovchi 
o'simliklar 59 turni, bo'yoqbop o'simliklar 58 turni, kamed saqlovchi o'simliklar 9 turni, 
smola saqlovchi o'simliklar 9 turni, mum saqlovchi o'simliklar 5 turni, kauchuk 
saqlovchi o'simliklar 4 turni, sellyuloza qog'ozbop o'simliklar 14 turni, yog'och 
beruvchi o'simliklar 16 turni, ziynat (bezak) uchun foydalaniladigan o'simliklar 30 
turni, asal shira beruvchi o'simliklar 115 turni o'z ichiga oladi. 
Ushbu fan floramizda uchraydigan dorivor o'simliklarning morfologik 
tuzilishini, hayotiy shakli, yer sharida tarqalish qonuniyatlari, sistematikasini, 
bioekologiyasi, geografiyasini, geobotanika va uning vazifalarini, O'zbekiston 
Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan dorivor o'simlik turlarni asrash va ulardan 
oqilona foydalanish kabi masalalar atroflicha o'rganadi. Fan tabiat va jamiyatning 
ekologik negizi, tarkibiy qismlari, jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar 
va ularning amal qilish qonuniyatlari, ekologik muammolarni kelib chiqish sabablarni 
qamrab oladi. 
Uslubiy ko’rsatmada dorivor o’simliklarning turkumi turlarini aniqlash usullari 
keltirilgan bo’lib, identiv o’quv maqsadi, kerakli jixozlar, mavzu bo’yicha qisqacha 
nazariy ma’lumot, mavzu asosidagi rasmlar va nazorat savollari keltirilgan. 
Laboratoriya ishlarini olib borishda O’zbekiston o’simliklari aniqlagichi bilan 
ishlanadi. Bunda talabalar tirik na’munalar yoki garbariylar va 
planetarium.ru

POWO

ipni.org
saytidan olingan rangli rasmlar asosida mashg’ulotlarni amalaga oshirishadi.
Uslubiy ko’rsatmada amaliy mashg’ulotlarini bajarish uchun zarur bo’lgan
kerakli jihoz va materiallar, ishni bajarish tartibi, rasm va o’simliklarni sistematik 
tahlillari, o’simliklar tarqalish areali xaritalari ham keltirilgan. 




Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin