16
yoki xalqa bo’lib joylashgan, ikki uyli. Barg qo'ltig'ida ikki bargli “gul qo’rg’onidan”
iborat mikrosifofil (changchi)lari joylashgan. Megastrobillari ham boshoqcha shaklida,
ost tomonida qipiqsimon qoplama barglari bor, uning ustida esa yopqich barglar bilan
yarim yopiq xolda joylashgan bitta urug'murtak mavjud. Qoplama barg ikki qavat,
uning ichkisi naysimon uzun tortgan, shamol yordamida tarqaladigan changni tutib
olishga moslashgan. Nutsellus ichida boshlang'ich endosperm va ikkita arxegoniy
joylashgan. Urug'lanish natijasida vujudga kelgan zigotadan urug'murtak, undan esa,
o'z navbatida urug' shakllanadi. Uning ustki qatlami qattiqlashadi, qoplama barglari
esa yumshoq, etli va shirali holatga o'tadi.
Qarag’aydoshlar
-
Pinaceae
oilasi, 10 ta turkum va 250 taga yaqin turni o‘z ichiga
oladi. Shimoliy Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada tayga o‘rmonlarini hosil qiladi.
Qarag'aydoshlar, asosan, doimo yashil, qisman bargini to‘kuvchi daraxt hamda ayrim
yotib o'suvchi butalardan tashkil topgan. Barglari ignasimon, tangachasimon, ingichka
nashtarsimon, turlicha kattalikda. Qarag‘aydoshlaming barglari, asosan ko‘p yillik, 2-
7 yilgacha to‘kilmaydi. Qubbalari ayrim jinsli, bir uyli. Erkak qubbasi juda mayda,
bahorda o‘sib chiqqan novdalar asosida boshoqchaga o‘xshash cho‘ziq shaklda, sariq
rangda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Urg‘ochi qubbalari yakkayakka joylashgan. Erta
bahorda о‘sib chiqqan yon novda uchida hosil bo‘ladi. Chunki shamol uchirib kelgan
changlarni tutib qoladi.
Dostları ilə paylaş: