14
Ishning borishi
Amaliy ish erkak paporotnik tuzilishini o‘rganishdan iborat. Bu maqsadda
o‘simlik ustida morfologik analiz o‘tkazilib, uning tavsifi keltiriladi.
O‘simlikning ko‘p yillik o‘tsimon ekanligi, balandligi 1 metrga qadar bo‘lishi
haqida ishonch hosil qilingach, uning dorzoventral tuzilishli, qo‘ng‘ir rangli yer ostki
ildizpoyasi o‘rganiladi. Ildizpoyaning ustki qismida joylashgan qo‘shimcha ildizlar
kuzatiladi. Usti qo‘ng‘ir rangli qipiqlar bilan qoplangan tutamdan yer ustiga yashil
rangli barglar o‘sib chiqqanligi kuzatiladi. Bargning ostida tomirlanish joyi yaqinida
soruslar borligi aniqlanadi. Sorusli bargdan ehtiyotkorlik bilan sindirib olinadi. Agar
o‘simlik gerbariy shaklida bo‘lsa, sindirib olingan barg bo‘lakchasi suvda qaynatiladi.
So‘ngra mikroskopda kuzatiladi va rasmi chiziladi.
Odatda sorus induziy deb yuritiladigan yupqa po‘st bilan qoplangan bo‘ladi.
Buyraksimon induziy ostida g‘aynoli shaklidagi sporangiylar, ularning ichida oval
buyraksimon shakldagi sporalar ko‘rinadi.
1-rasm. Dala qirqbo’g’imi 2-rasm. O’rmon qirqqulog’i
(
Equisetum arvense
) (
Dryopteris filix mass
)
Dostları ilə paylaş: