O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva


MAVZU: O’SIMLIKLAR SISTEMATIKASI TAHLILI VA LOTINCHA



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

MAVZU: O’SIMLIKLAR SISTEMATIKASI TAHLILI VA LOTINCHA 
(NOMEKLATURA) NOMLARINI O’QISH QOIDALARI 
 
O`simliklarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilarning o`xshashlik darajasiga 
qarab o`simliklar dunyosini ma`lum tartibga – sestema (tizim)ga solish o`simliklar 
sistematikasi deb ataladi. 
O`simliklar sitimatikasi botanika fanining asosiy ismi bo`lib, unda o`simliklar kelib 
chiqishi, o`xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlarga – sestimatik 
birliklarga bo`linadi. 
O`simliklar sistematikasida quyidagi sistematik birliklar qabul qilingan: O’simliklar 
dunyosi, o’simliklar dunyochasi (kichik dunyosi), bo’lim, bo’limcha( kichik bo’lim), 
ajdod (sinf), ajdodcha (sinfcha, kichik ajdod), qabila (tartib), qabilacha (kichik qabila), 
oila, oilacha (kichik oila), bo’g’in, bo’g’incha (kichik bo’g’in), turkum, turkumcha 
(kichik turkum), seksiya, seksiyacha (kichik seksiya), seriya, seriyacha (kichik seriya), 
tur, turcha (kichik tur), tur xili, forma (shakl, xil). 
O`simliklar sistematikasidagi eng kichik birlik turdir. Tur – hamma organlari 
bir-biriga o`xshash, ma`lum maydonda uchraydigan o`simliklarni o`z ichiga oladi. 
Masalan sariq do`lanani olaylik. U bitta tur. Lekin tog`larda bu turga kiradigan o`simlik 
turlari kehg tarqalgan. Ular guli, mevasi, bargi va boshqa belgilari bilan juda o`xhsash. 
Shuning uchun ular bir turga kiradi. 
Turkum – bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan. Fanda o`simliklarni 
qo`shaloq (ikki) nom bilan – tur va turkumning nomlari bilan atash (binar 
nomenklatura) qabul qilingan. Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo`lib, shved 
tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) fanga kiritgan. Masalan, sarimsoq piyoz yoki 
anzur piyozidagi sarimsoq va anzur so`zlari turga tegishli, piyoz so`zi esa turkumga 
tegishli nom bo`lib, bu shu turlarning piyoz so’zi esa turkumga tegishli nom bo’lib, bu 
shu turlarning piyoz turkumiga oid ekanligini bildiradi. 
Fanda har bir turning mahalliy nomlaridan tashqari yana ilmiy, ya`ni “lotincha” 
nomi ham bor. Istalgan o’simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblardan (floradan yoki 
o’simliklar aniqlagichidan ) topish mumkin. Bir-biriga yaqin turkumlar qo’shilib, 
oilani tashkil qiladi. Masalan, bodom, olma, o’rik, na`matak, do’lana kabi turkumlar 
birlashib sinfni tashkil qiladi. Masalan, bir urug’pallali o’simliklardan tashkil topgan 
loladoshlar, bug’doydoshlar (boshoqdoshlar), chuchmomadoshlar kabi oilalar 
to’planib bir urug’pallali o’simliklar sinfini tashkil qiladi. Ikki pallali (ikki urug’pallali) 
o`simliklardan tashkil topgan ra`nodoshlar, ituzumdoshlar, gulxayridoshlar kabi oilalar 
birlashib ikki urug`pallali o`simliklar sinfini tashkil qiladi. 
Bir urug`pallalilar va ikki urug`pallalilar sinfiga oid o`simliklarning hammasi 
gulli o`simliklar bo`lganligi uchun bu ikkala sinf qo`shilib gulli o`simliklar yoki yopiq 
urug`li o`simliklar bo`limini vujudga keltiradi. 
O`simliklar dunyosi esa o`simliklar sistematikasidagi eng katta sistema bo`lib, 
yopiq urug`li o`simliklar, ochiq urug`li o`simliklar, qirqquloqtoifa, yo`sintoifa, yashil 
suvo`tlar va hokozo bo`limlarni o`z ichiga oladi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin