21
parakarp, 2(3-20)
meva-bargdan tashkiltopgan, tugunchasi ustki. Mevasi-ko’sak,
ko'proq qo'zoqsimon ko'sak. Belgilar majmualariga ko’ra ko'knornamolar,
ayiqtovonnamolarga vao’rmonqora-namolarga ancha yaqin turadi. Qabila hozirgi
sistemalarga ko’ra uchta: ko'knordoshlar (
papaveraceae
), bo’g’immevadoshlar
(
hypecoaccae
), shotaradoshlar (
fumariaceae
) oilalariga bo‘linadi.
Ko'knordoshlar (
papaveraceae
) oilasining 24
turkumga mansub, 250 dan
ziyodroq turlari bor. Shulardan O’zbekistonda 9 turkumga oid 32 turi tarqalgan.
Ko’knordoshlarning aksariyati Shimoliy yarimsharning o’rta mintaqa va subtropik
iqlimli
hududlarida, ayniqsa O'rtayer dengizi bo’yi mamlakatlarida keng tarqalgan.
Barcha turlari oddiy, navbatlashib joylashgan patsimon kesilgan bargli, ko’p yillik o't
o’simliklardir.
Gullari bittadan yoki bir nechtadan to'pgulda o'rnashgan. Kosachabarglari 2 ta,
gultojibarglari 4 ta, changchilari ko’p, ginetseyi bitta, mevabarglari ko'p. Gul
formulasi: Ca2Co4A∞G(2).
Mevasi ko'sak yoki yong’oqcha. Ko'knordoshlar oilasi gul tuzilishi, mevasining
xillari va sutsimon suyuqligining bor-yo'qligiga asoslanib 4 ta kichik oilaga bo'lib
o'rganiladi. Oilachalar orasida monotip pteridofillumdoshchalar (
pteridophylloideae
)
alohida o’rinda turadi. Uning barglari qirqquloqlarnikiga o'xshash patsimon bo‘lakli,
sutsimon suyuqligi yo’q va shu belgilariga ko’ra ko'knornamolar qabilasining oilalari
o'rtasida oraliq o'rinni egallaydi.
Ko’knordoshlarning markaziy oilachasi ko‘knordoshchalardir. Uning 8 ta
turkumi mavjud, shundan O’zbekistonda 2 ta yovvoyi
va bitta madaniy turkumi
tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: