O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

Nazorat uchun savollar: 
1.
Zirkdoshlar oilasi qanday sistematik belgilarga ega ? 
2.
Ayiqtovondoshlar oilasining o’ziga xos belgilari nimalar? 
3.
Respublikamizda keng tarqalgan tabiiy holda o’suvchi ikki oila turlarini ayting? 
4.
 
Ranunculaceae Juss 
oilasi vakillari yashash sharoit qanday?
 
5.
 
Berberidaceae Juss
oilasi
 
vakillari hayotiy shakllarini ayting?
 
 
MAVZU: KO’KNORDOSHLAR VA SHOTARADOSHLAR OILASI 
TURKUMI TURLARI NOMEKLATURASINI TAHLILI VA O’RGANISH 
QOIDALARI 
Dars maqsadi: 
Ko’knordoshlar (
Papaveraceae Juss
), Shotaradoshlar (
Fumariaceae 
DC
) oilasi turkumi turlari nomeklaturasini tahlili va o’rganish qoidalari va ularning 
morfologik, biologik shuningdek dorivorlik xususiyatlari haqidagi yangi bilim, 
ko’nikma, malakani shakillantirish.
 
Identiv o’quv maqsadi

1.
 
Papaveraceae Juss 
va 
Fumariaceae DC
oilasi turlari
 
nomeklaturasini tahlil qila 
oladi. 
2.
 
Ko’knordoshlar va Shotaradoshlar oilasi vakillarini morfologik va biologik 
hususiyatlarini biladi. 
Kerakli jihoz va materiallar

Papaveraceae Juss 
va 
Fumariaceae DC
oilalari 
vakillari
 
gerbariy na’munasi, rasmlar, o’simliklar aniqlagichi, taqdimot. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. 
Bu qabilaning vakillari asosan bir yillik va ko’p yillik o’tlar, ba‘zan buta, yarim 
buta yoki past bo'yli daraxtlardan tashkiltopgan. Barglari yonbargsiz, novdada 
aksariyat navbatlashib, ba‘zi hollardagina qarama-qarshi yoki halqa hosil qilib 
o’rnashgan. Yog’ochlik naylari oddiy perforatsiyali. Gullari bittadan yoki bir 
nechtadan to’pgullarda o’rnashgan, ikki jinsli, aktinomorf yoki zigomorf, gulqo’rg’oni 
murakkab, qismlari 2-4 tadan. Gultojbarglari 6 (8-12) ta, changchilari ko’p, ginetseyi 


21 
parakarp, 2(3-20) meva-bargdan tashkiltopgan, tugunchasi ustki. Mevasi-ko’sak, 
ko'proq qo'zoqsimon ko'sak. Belgilar majmualariga ko’ra ko'knornamolar, 
ayiqtovonnamolarga vao’rmonqora-namolarga ancha yaqin turadi. Qabila hozirgi 
sistemalarga ko’ra uchta: ko'knordoshlar (
papaveraceae
), bo’g’immevadoshlar 
(
hypecoaccae
), shotaradoshlar (
fumariaceae
) oilalariga bo‘linadi.
Ko'knordoshlar (
papaveraceae
) oilasining 24 turkumga mansub, 250 dan 
ziyodroq turlari bor. Shulardan O’zbekistonda 9 turkumga oid 32 turi tarqalgan. 
Ko’knordoshlarning aksariyati Shimoliy yarimsharning o’rta mintaqa va subtropik 
iqlimli hududlarida, ayniqsa O'rtayer dengizi bo’yi mamlakatlarida keng tarqalgan. 
Barcha turlari oddiy, navbatlashib joylashgan patsimon kesilgan bargli, ko’p yillik o't 
o’simliklardir.
Gullari bittadan yoki bir nechtadan to'pgulda o'rnashgan. Kosachabarglari 2 ta, 
gultojibarglari 4 ta, changchilari ko’p, ginetseyi bitta, mevabarglari ko'p. Gul 
formulasi: Ca2Co4A∞G(2).
Mevasi ko'sak yoki yong’oqcha. Ko'knordoshlar oilasi gul tuzilishi, mevasining 
xillari va sutsimon suyuqligining bor-yo'qligiga asoslanib 4 ta kichik oilaga bo'lib 
o'rganiladi. Oilachalar orasida monotip pteridofillumdoshchalar (
pteridophylloideae

alohida o’rinda turadi. Uning barglari qirqquloqlarnikiga o'xshash patsimon bo‘lakli, 
sutsimon suyuqligi yo’q va shu belgilariga ko’ra ko'knornamolar qabilasining oilalari 
o'rtasida oraliq o'rinni egallaydi.
Ko’knordoshlarning markaziy oilachasi ko‘knordoshchalardir. Uning 8 ta 
turkumi mavjud, shundan O’zbekistonda 2 ta yovvoyi va bitta madaniy turkumi 
tarqalgan. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin