17
gametofiti reduksiyalangan. Urg‘ochi (urug‘chi) qubbasida qoplag‘ich tangacha barg
va urug‘ tangachasi qo‘shilib o‘sib, bittaga aylangan, qoplag‘ich tangacha bargi
yog‘ochlangan yoki yumshoq etli (archalar)dir.
Sarv
(
kiparis
) - Cupressus turkumi 15-20 ta turga ega, balandligi 30-50 m, bir uyli
daraxt va buta o‘simlik. 0 ‘rta Yer dengizining atrofida, Himolay, Janubiy Xitoy va
Amerikada tarqalgan. Qrim, Qora dengiz qirg‘oqlarida, ayrim turiari 0 ‘zbekistonda
ham manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Doirniy yashil sarv - 30 m li, 2000 yilgacha
umr ko‘radi. 0 ‘zbekistonda piramidasimon sarv Toshkent, Samarqand, Farg‘ona
vodiysida uchraydi.
Tuya (
Thuja
) turkumi bir uyli daraxt va butalardan iborat bo‘lib, 6 turga ega. Shulardan
G‘arb tuyasi (Thuja occidentales) asosan Xitoyda tarqalgan. Manbalarda
ko'rsatilishicha, Sharq tuyasi sarv 0 ‘rta Osiyoda muqaddas daraxt sifatida o‘stirilgan.
Archa
-
Junipyerus
turkumiga 14 ta tur kiradi. MDH florasida 21 turi uchraydi.
Shundan 3 ta turi Zarafshon archasi -
Jynipyerus zezavschanica
yarim sharsimon va
Turkiston archasi (
Jynipyerus turkistanica
) O‘zbekistonning tog‘li hududlarida
tarqalgan. Bundan tashqari, eng chiroyli archalardan Virgin archa (
J.vyerginia
) bo‘yi
15-30 m balandlikda, manzarali o‘simlik sifatida respublikamizning shaharlarida
o‘stirilmoqda. Qrim va Kavkazning janubiy qirg‘oqlarida o‘stiriladi, vog‘ochi yengil,
yumshoq bo‘lib, qalam, yog‘ochsozlikda ishlatiladi. Zarafshon sarv archalaridan O'rta
Osiyo xalqlari qadim zamonlardan pistako‘mir olishda ishlatganlar.
Dostları ilə paylaş: