Kerakli jihoz va materiallar :
Equisetaceae, Athyriaceae oilalari vakillari
gerbariy
na’munasi, rasmlar, o’simliklar aniqlagichi, taqdimot.
Topshiriqlar: 1. Equisetaceae, Athyriaceae oilalari vakillarini sistematik tahlil qiling.
2. Qirqbo’g’imdoshlar (
Equisetaceae ) oilasining o’ziga xos morfologik va biologik
hususiyatlarini yozing.
3. Qirqquloqdoshlar (
Athyriaceae ) oilasining o’ziga xos morfologik va biologik
hususiyatlarini yozing.
4. Qirqbo’g’imdoshlar (
Equisetaceae ) va oilasining tarqalish hududlari bilan
tanishing.
5. Qirqquloqdoshlar (
Athyriaceae ) oilasining tarqalish hududlari bilan tanishing.
6. Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo’llaniladigan ikki oila turlari
dorivorlk hususiyati haqida ma’lumot to’plang.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Qirqbo’g’imdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar poyasining bo‘g‘im va bo‘g‘im
oralig‘idan iborat ekanligi bilan xarakterlanadi. Bo‘g‘imlarida mayda barglar o‘zining
tub qismi bilan halqa shaklida o‘rnashgan. Xozirgi turlari yer ostida gorizontal va
vertikal o’suvchi ildizpoya hosil qiladi. Barglari juda kichik, ular yon novdalari
(telom)ning o’zgarishidan kelib chiqqan.
Dala qirqbo’g’imi ko’p yillik o’t o’simlik. Tashqi tuzilishi va spora hosil
qilishidagi o‘ziga xosligi bilan boshqa yuksak sporali o‘simliklardan keskin farqlanadi.
U daryo yoqalarida, ariq bo’ylarida ba’zan esa ekin maydonlarida begona o’t sifatida
o’sadi. Tik o‘suvchi, balandligi 50 sm ga qadar. Unda kraxmalga boy tuganaklar va
ko‘p sonli ildizlar mavjud. Ildizpoyasi er ostida 0.5-1 m gacha chuqurlikda joylashgan.
Ildizpoyasi bo’g’imlarga bo’lingan bo’lib, xar qaysi bo’g’imdan ildiz taraqqiy etadi.
Ildizpoyadan tugunaklar ham xosil bo’lib, unda oziqa modda to’planadi va vegetativ
ko’payish vazifasini bajaradi. Ildizpoyalaridan ikki xil novdalar (poya) hosil bo‘ladi.
Ularning biri bahorgi xlorofillsiz, qo‘ng‘ir rangli, spora saqlovchi novdalar, ikkinchisi
yozgi yashil rangli, assimilyatsiya qiladigan novdalardir.