15
MAVZU: QIZILCHADOSHLAR, QARAG’AYDOSHLAR VA
SARVDOSHLAR OILASI TURKUMI TURLARI NOMEKLATURASINI
TAHLILI VA O’RGANISH QOIDALARI.
Ochiq urug‘lilar yer shari florasida muhim ahamiyatga ega buta va daraxt hayot
shaklidagi o‘simliklardir. Ular shimoliy yarim sharda va baland tog‘larda uchraydigan
doimiy yashil o‘simliklardir. Ochiq urug‘li o‘simliklar urug‘i yordamida ko‘payadi.
Urug‘ esa shakli o‘zgargan, ust tomonidan integument bilan qoplangan. Urug‘murtak
(megasporangiy) ichida megaspora hosil bo‘lib, megasporangiydan ajralmagan holda
o‘sa boshlaydi va undan urg‘ochi gametofit nasl hosil bo‘ladi. Erkak gametofitda chang
hosil bo‘ladi. Ochiq urug‘lilarda otalanish sodir bo‘lishi uchun (changning urug‘chi
tumshuqchasiga tushishi) changlanish sodir bo‘lishi zarur.
Urug‘lanishning sodir bo‘lishi uchun urug‘chi tumshug‘chasiga tushgan chang
o‘sib, nay hosil bo‘ladi. Bu nay orqali chang arxegoniy tomon harakat qilib,
arxegoniyni otalantiradi. Ochiq urug‘lilarning aksariyat qismida jinsiy gametalar yoki
harakatsiz chang – spermiy deb yuritiladi.
Otalangan tuxum hujayrasidan urug‘murtak, undan o‘z navbatida urug‘
shakllanadi. Urug‘ sporachi barglar ustida ochiq joylashganligi tufayli bu bo‘lim
vakillari ochiq urug‘lilar deb yuritiladi. Ochiq urug‘lilardan qubbalilar (Coniferopsida
yoki Pinopsida) ajdodi yer yuzida keng tarqalgan.
Dars maqsadi:
Qizilchadoshlar (
Ephedraceae
), Qarag’aydoshlar (
Pinaceae
) va
Sarvdoshlar (
Cupressaceae
) oilasi turkumi turlari nomeklaturasini tahlili va o’rganish
qoidalari va ularning morfologik, biologik shuningdek dorivorlik xususiyatlari
haqidagi yangi bilim, ko’nikma, malakani shakillantirish.
Dostları ilə paylaş: