O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

Identiv o’quv maqsadi

1.
 
Ephedraceae, Pinaceae, Cupressaceae
oilasi turlari
 
nomeklaturasini tahlil qila 
oladi. 
2.
 
Qizilchadoshlar, Qarag’aydoshlar va Sarvdoshlar oilasi vakillarini morfologik 
va biologik hususiyatlarini biladi. 
Kerakli jihoz va materiallar

Ephedraceae, Pinaceae, Cupressaceae
oilalari 
vakillari
 
gerbariy na’munasi, rasmlar, o’simliklar aniqlagichi, taqdimot. 
 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. 
Qizilchadoshlar-
mazkur oilaning tipik vakili Qizilcha (
Erhedrusp
.) Urta yer 
dengizi floristik viloyatining dasht va saxrolarida, xususan janubiy Osiyo, Shimoliy va 
Janubiy Amerikada, Xindiston va Xitoyda tarkalgan. Ular tashki kurinishiga kura, 
kirkburimlilarga uxshash buta usimlikdir. Efedraning tanasi bo’g'im va bo’g'im 
oraliqlariga aniq ajralgan. Barglari poyada qarama-qarshi yoki xalqa bo'lib joylashgan, 
ikki uyli o’simlik. Mikrostrobillari ayrim xollarda boshoqcha shaklida to'p-to'p bo’lib 
joylashgan, ost tomonida 8 juft qipiqsimon barglari bor. Barglari poyada qarama-qarshi 


16 
yoki xalqa bo’lib joylashgan, ikki uyli. Barg qo'ltig'ida ikki bargli “gul qo’rg’onidan” 
iborat mikrosifofil (changchi)lari joylashgan. Megastrobillari ham boshoqcha shaklida, 
ost tomonida qipiqsimon qoplama barglari bor, uning ustida esa yopqich barglar bilan 
yarim yopiq xolda joylashgan bitta urug'murtak mavjud. Qoplama barg ikki qavat
uning ichkisi naysimon uzun tortgan, shamol yordamida tarqaladigan changni tutib 
olishga moslashgan. Nutsellus ichida boshlang'ich endosperm va ikkita arxegoniy 
joylashgan. Urug'lanish natijasida vujudga kelgan zigotadan urug'murtak, undan esa, 
o'z navbatida urug' shakllanadi. Uning ustki qatlami qattiqlashadi, qoplama barglari
esa yumshoq, etli va shirali holatga o'tadi. 
Qarag’aydoshlar

Pinaceae
oilasi, 10 ta turkum va 250 taga yaqin turni o‘z ichiga 
oladi. Shimoliy Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada tayga o‘rmonlarini hosil qiladi. 
Qarag'aydoshlar, asosan, doimo yashil, qisman bargini to‘kuvchi daraxt hamda ayrim 
yotib o'suvchi butalardan tashkil topgan. Barglari ignasimon, tangachasimon, ingichka 
nashtarsimon, turlicha kattalikda. Qarag‘aydoshlaming barglari, asosan ko‘p yillik, 2-
7 yilgacha to‘kilmaydi. Qubbalari ayrim jinsli, bir uyli. Erkak qubbasi juda mayda, 
bahorda o‘sib chiqqan novdalar asosida boshoqchaga o‘xshash cho‘ziq shaklda, sariq 
rangda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Urg‘ochi qubbalari yakkayakka joylashgan. Erta 
bahorda о‘sib chiqqan yon novda uchida hosil bo‘ladi. Chunki shamol uchirib kelgan 
changlarni tutib qoladi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin