19
3.
Ayiqtovondoshlar (
Ranunculaceae Juss
) oilasining o’ziga xos morfologik va
biologik hususiyatlarini yozing.
4.
Ushbu ikki oila vakillarining tarqalish hududlari bilan tanishing.
5.
Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo’llaniladigan ikki oila turlari
dorivorlk hususiyati haqida ma’lumot to’plang.
6.
6-7 rasmlardagi o’simliklar nomini toping.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Zirkdoshlar
(
Berberidaceae
Juss
)-
ikki
urugʻpallalilar yoki
magnoliyasimonlar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Ko’p
yillik
oʻt, buta yoki daraxtlar. Guli ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni sariq, bir necha (4—5) qator
boʻlib joylashgan, har bir qatorda 3 tadan gultojbarg bor. Koʻpchilik Z.ning gulida
tojbarg bilan changchisi orasida shiradon — staminodiy boʻladi. Mevasi rezavor,
baʼzan koʻsakcha yoki yongʻoqcha shaklida. Asosan, Shim. yarim sharning moʻʼtadil
hududlarida usadi. Zirkdoshlarning bargi tarkibida alkaloidlar, ayniqsa, berberin koʻp.
Ularning mevalari nordon, mazali boʻlganligidan turli xil taomlarga, jumladan,
palovga solinadi, ovqatni xushtaʼm qiladi. Qora zirk keng isteʼmol qilinganligi uchun
uning tusiga nisbat berib "qoraqand" deb ataladi. Tabobatda jigar xastaliklarini
davolashda, isitmani pasaytiruvchi, ich ketishni toʻxtatuvchi va yurakni
mustahkamlovchi vosita sifatida qoʻllaniladi.
Dostları ilə paylaş: