Shotaradoshlar oilasi morfologik belgilari jixatdan ko’knordoshlarga juda yaqin
turadi. Lekin changchisining oltita bo’lishi bilan farq qiladi. Oilaga 17 ta turkumga
mansub 470 ta tur kiradi. Barglari asosan ildizbo’g’zida joylashadi. Gullari
shingilsimon to’pgulda joylashgan, ikki jinsli zigomorf, gulkosachabargi 4 ta,
changchisi 6 ta, urug’chisi 2 ta mevachi bargdan iborat. Mevasi ko’sakcha. Ular O’rta
Osiyoda keng tarqalgan. Oilaning Sversov burmaqorasi (
Corydales severzowii ) va
Turkiston shotarachasi (Fumariola turkestanica) nomli turlari O’zbekiston
Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Shotara-
Fumaria vaillantii dan dorivor
o’simlik sifatida foydalaniladi.
Topshiriqlar: 1. Papaveraceae Juss va
Fumariaceae DC oilalari vakillarini sistematik tahlil
qiling.
2. Ko’knordoshlar (
Papaveraceae Juss ) oilasining o’ziga xos morfologik va
biologik hususiyatlarini yozing.
3. Shotaradoshlar (
Fumariaceae DC ) oilasining o’ziga xos morfologik va biologik
hususiyatlarini yozing.
4. Ushbu ikki oila vakillarining tarqalish hududlari bilan tanishing.
5. Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo’llaniladigan ikki oila turlari
dorivorlk hususiyati haqida ma’lumot to’plang.
6. Papaver Rhoeas L va Fumaria officinalis rasmlarini ishdaftaringizga chizib
oling.
22
Nazorat savollari: 1. Papaverales qabilasiga qaysi oilalar mansub?