O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

Torondoshlar (
Polygonaceae
) oilasi
- vakillari asosan o't, qisman buta va 
yarimbutalardir, tropiklarda daraxt turlari ham bor. Barglari oddiy, butun, navbatlashib
o'rnashgan. Gullari boshoq, shingil, supurgisimon to'pgullar hosil qiladi, Ikki jinsli, 
anemofil (otquloq) yoki entomofil (grechixa, qandim, toron, rovoch). Gulqo'rg'oni 
oddiy, kosachasimon (otquloqlarda) yoki tojsimon (grechixa), to'g'ri, 3—6 bargchali, 
ikki doirada o'rnashgan. Changchilari 5—9 ta, urug'chisi bitta va u 3 (2—4) 
mevachabargdan tashkil topgan. Mevasi uch qirrali yong'oqcha.
 
Sho’radoshlar oilasi
ga deyarli hamma qit’alarning sahro va cho’llarida, qumlarda 
va sho’rtob yerlarda o’sadi. Bularning ko’pchiligi cho’llarda o’sadi. Bu o’simliklar 
ko’pincha etdor sersuv bo’ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi 
o’rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo’qolib ketgan bo’lishi mumkin. 
Gullar mayda, yashil yoki rangsiz, to’g’ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, bazan ayrim jinsli, 
boshoqsimon yoki shingil simon to’kilga o’rnashgan. Tugunchasi bir uyli va bir urug’ 
kurtakli. Mevasi asosan yong’oqcha. 
Topshiriqlar: 
1.
 
Amaranthaceae

Chenopodiaceae

Polygonaceae
oilalari 
vakillarini 
sistematik tahlil qiling.
 
2.
 
Gultojixo’rozdoshlar 
(
Amaranthaceae
)
oilasining o’ziga xos morfologik va 
biologik xususiyatlarini yozing.
 
3.
 
Sho’radoshlar
(
Chenopodiaceae
)
oilasining o’ziga xos morfologik va 
biologik xususiyatlarini yozing.
 
4.
 
Torondoshlar (
Polygonaceae
) oilasining o’ziga xos morfologik va biologik 
xususiyatlarini yozing.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin