25
qisman ular Janubiy ekvatorlarda o'sadi. Emanlarning ko'pchilik turlari juda yirik
daraxtlar bo'lib,balandligi 35-40 m ga yetadi. Barglari oddiy navbatlashib joylashgan.
Gullari ayrim jinsli, gulqurg'oni oddiy, tugunchasi ustki, tupguli ko'chala yoki
kallakchadan iborat. Mevasi bir urug'li yong’oqcha.
Yong’oqdoshlar oilasi
- barglari poyada ketma ket joylashgan yirik murakkab toq
patsimon. Gullari ayrim jinsli bir uyli o'simlik. Changchi gullari to’p gulli bolib,
ko'pincha o'tgan yilgi novdaning tushib ketgan barg qo'ltig'i- dan chiqib kuchala tarzda
osilib turadi. Changchilar soni 8-40 taga yetib boradi. Urug'chisi 1ta yoki bir nechta
bo'lib yangi o'sib chiqqan serbarg novdaning uchida joylashadi. Har qaysi urug'chi
gulini 2 ta gul yonbargchasi va 4ta kosachabargi bor. Urug'chi gulkosacha bargi
gulyonbargchalari bilan qo'shilib o'sib, mevaning po'stlog'ini hosil qiladi. Urug'chisi 2
ta meva bargning qo'shilishidan hosil bo'lgan 2 tumshuqchali. Tugunchasi ostki bir
uyali va bir urug'kurtakli. Mevasi yong'oq yoki danakli soxta meva .
Qayindoshlar oilasi
vakillarining barglari navbatlashib o’rnashgan, bandli,
yonbargchalari ham bor, bir uyli ba’zan ikki uyli daraxt va buta o’simliklardir. Bu
oilaning asosiy xarakterli belgisi erkak gulining ham urg’ochi gulining ham
kuchalasimon to’pgulli bo’lishidir. Otaligi 2-12 ta bo’lib, gulqo’rg’on bargchalari
qarshisida joylashgan. Urg’ochi to’pguli kallak yoki boshoqsimon. Urg’ochi guli 2
mevabargli, 2 uyali va ostki tugunchali, har qaysi tugunchada bittadan urug’kurtak
hosil bo’ladi. Mevasi bir urug’li yong’oq yoki yong’oqcha, qanotli meva.
Topshiriqlar:
1.
Fagaceae
,
Juglandaaceae
va
Betulaceae
oilalari vakillarini sistematik tahlil
qiling.
Dostları ilə paylaş: