TAHLILI VA O’RGANISH QOIDALARI. Dars maqsadi: Gultojixo’rozdoshlar
( Amaranthaceae ), Sho’radoshlar
( Chenopodiaceae ) va Torondoshlar (
Polygonaceae ) oilasi turkumi turlari
nomeklaturasini tahlili va o’rganish qoidalari va ularning morfologik, biologik
shuningdek dorivorlik xususiyatlari haqidagi yangi bilim, ko’nikma, malakani
shakillantirish.
Identiv o’quv maqsadi :
1. Amaranthaceae ,
Chenopodiaceae ,
Polygonaceae oilasi turlari
nomeklaturasini
tahlil qila oladi.
2. Gultojixo’rozdoshlar, Sho’radoshlar, Torondoshlar oilasi vakillarini morfologik
va biologik xususiyatlarini biladi.
Kerakli jihoz va materiallar :
Amaranthaceae ,
Chenopodiaceae ,
Polygonaceae oilalari vakillari
gerbariy na’munasi, rasmlar, o’simliklar aniqlagichi, taqdimot.
Umumiy tushuncha Gultojixo’rozdoshlar ( Amaranthaceae ). Bu oilaga yaxlit yashil barglari ketma
ket yoki qarama qarshi joylashgan bir yillik va ba’zan kop yillik o’simliklar kiradi.
Ba’zi vakillarining guli targ’il yoki to’q qizil bo’ladi, gullari bir va ikki jinsli , gullari
mayda qoplovchi va gul yon bargchalari bor gullari to’dalangan bo’lib bu to’dalar
boshoqsimon , ro’vaksimon yoki boshcha to’pgullarga yig’ilgan bo’ladi. Gulqo’rg’oni
oddiy,pardali uch besh bo’lakli och yashil sarg’ish va to’q qizil rangda bo’ladi. Otaligi
27
uch beshta ,erkin yoki asosan pardasimon nay bo’lib qo’shilib o’sgan. Tugunchasi
ustki, bir uchli mevasi ko’sakcha ba’zan rezavor.