O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

Cucurbitaceae
 
ning Yer yuzida 90 turkumga mansub 700 dan
ko'proq turlari bor. Ular asosan tropik va subtropik iqlimli hududlarda, qisman 
o'rta va sovuq mintaqalarda tarqalgan. Bu oila vakillari poyalari ilashib (bizda) yoki
yotib o'suvchi bir
yillik va ko'p yillik o'tlardir. Qovoqdoshlar oilasi 2 ta kichik oilaga ajratiladi. 
Bular Qovoqdoshchalar va Zanoniyadoshchalar oillari. O'zbekistonda 
qovoqdoshchalarning 8 turkumga mansub asosan madaniy va bir nechta yovvoyi
turlari o'sadi. 
Oila vakillarining poyalari dag'al tukli. Barglari oddiy, navbatlashib
joylashgan, panjasimon bo'lakchali yoki o'yiq, yonbargchasiz. Gullari bir jinsli,
barg qo'ltig'idan bittadan yoki to'p bo'lib chiqadi, aktinomorf, 4 doirali, 5 a’zoli.
Kosachabarglari 5 ta, tutash, tojbarglari sariq, oq, 5 bargchali, tutash, changchilari
5 (3) ta, erkin yoki 2 tadan qo'shilib o'sgan. Gul formulasi: Ca
(5)
Co
(5)
A
(2)+(2)+1
G

; Ca
(5)
Co
(5)
A
0

(3).
Mevasi etli, soxta, qovoqmeva.
Kovuldoshlar oilasi
Capparaceae
ning yer yuzida 42-45 turkumga mansub 
850 tacha turlari bor. Ular asosan tropik va subtropiklarda, mo'tadil iqlimli


29 
hududlarda keng tarqalgan. O'zbekistonda 2 turkumga oid 6 ta turi o'sadi.
Kovuldoshlarning 4 ta kichik oilasi mavjud. O'zbekistonda tarqalgan turlari 
Kovuldoshchalar
(Capparoideae)
va Kleomadoshchalar (
Cleomoideae
) kichik
oilalariga mansubdir. Kovul (
Capparis
) turkumining 150 tacha,
 
O'zbekistonda esa
2 ta turi bor. Oila vakillari bir yillik va ko'p yillik (bizda) o't va butalardan 
iborat. Barglari oddiy, bandli, navbatlashib joylashgan, yonbargchasiz.
 
Gullari oq,
sarg'ish, bittadan barg qo’ltig’idan chiqadi, zigomorf. Gulqo'rg'on barglari 4 tadan,
changchilari 4-6 (ko'p) ta. Gul formulasi: Ca
4
Co
4
A
∞ 
G
(2)
Mevasi rezavorsimon 
etli ko'sak. Ular poyalari yotib o'suvchi, tikanli, o'q ildizli, ko'p yillik o'tlardir.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin