O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

MAVZU: KARAMDOSHLAR (
BRASSICACEAE
), GULXAYRIDOSHLAR 
(
MALVACEAE
) OILASI TURKUMI TURLARI NOMENKLATURASINI 
TAHLILI VA O’RGANISH QOIDALARI. 


30 
Karamdoshlar
 - Brassicaceae
oilasi
.
Bu oila qabiladagi eng yirik oila bo'lib,
Yer yuzida keng tarqalgan 380 ta turkumga mansub 3200 tadan ziyod turlarni o'z 
ichiga oladi. Ular Yevrosiyoda keng tarqalgan bir, ikki va ko'p yillik o't, ayrim
butacha va past bo'yli butalardan tashkil topgan. O'rta Osiyoda oilaning 107 ta 
turkumga mansub 431 ta turi, O'zbekistonda 25 ta turkumga oid 193 ta turi o'sadi.
Barglari oddiy, yonbargchasiz, butun yoki qirqilgan, ketma-ket joylashgan.
To'pguli siyrak shingilsimon. Gullari odatda to'g'ri (aktinomorf), ba’zan zigomorf,
2 jinsli va qo'sh gulqo'rg'onli. Gulkosachabarglari 4 ta, tutashmagan, gultojibarglari
4 ta, qarama- qarshi o'rnashgan. Changchisi ko'pincha 6 ta, bulardan 2 tasi qisqa,4
tasi uzun chang iplariga ega. Urug'chisi bitta, 2 ta. Gul formulasi: Ca
2+2
Co
2+2 
A
2+.4
G
(2)
. Asosan hasharotlar yordamida, ba’zan o'z- o'zidan changlanadi.
Tugunchasi ustki. Mevalari qo'zoq yoki qo'zoqcha, ba’zan yong'oqcha. Urug'i va
birinchi yilgi tupi va ildizmevasidan ko'payadi.
Oilaning madaniy o'simliklar sifatida ekiladigan bosh karam
(Brassica 
oleracea),
sholg'om
(В. campcstris),
turp
(Raphanus sativus),
rediska
(R. Sativa
radicula),
o’sma
(Isatis tinctoria) 
kabilar bor. 
Gulxayridoshlar oilasi
Malvaceae
 
oilasining 70 turkumga mansub 900 dan 
ortiq turi tropik va o’rta iqlimida o’sadi. MDH da 12 turkumga mansub 72 turi o’sadi.
Bu oila vakillari o't, buta va daraxtlardan iborat.
Barglari oddiy, butun yoki panjasimon o'yilgan. Ketma-ket joylashgan,
yonbargli. Gullari yakka yoki to'pgulda joylashgan, aktinomorf, ikki jinsli, gulkosa
va gultojbarglari 5 tadan. Gulkosachasi 2 qavatli. Gulkosacha barglari 3-12 tagacha
bo'lib, erkin yoki tutashib o'sgan. Gultojibarglari yirik, erkin va rangli.
Changchilari ko'p, ikki doirada joylashgan. Poyasi tik, monopodial va simpodial
shoxlangan. Barglari oddiy, uzun bandli,yirik, 3 - 6 -7 bo'lakchali, ikkita
yonbargchali. Gullari yirik, gultojibarglari och sariq rangli. Gultoji 5 ta, erkin.
Changchisi ko’p, ikki doirada joylashgan. Tashqi doiradagi changchilari
rcduksiyalangan. Ginetseyi senokarp, tugunchasi ustki, 3-5 uyali. Mevasi 3-5 uyali 
ko'sak, urug'chi (chigiti)si uzun va qisqa tolalar bilan qoplangan. Bizda g'o'zaning
3 turi va uning har xil navlari ekiladi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin