33
Tugunchasi ustki. Gul formulasi: Ca
5
Co
l+2+(2)
A
(9)+l
G
1.
Mevasi
turlicha shakldagi
dukkaklardan iborat. Hasharotlar orqali va o'z - o'zidan changlanadi. Dukkagida
bittadan bir nechtagacha urug'i bo'ladi.
Burchoqdoshlar oilasi 3 ta oilachaga bo'linadi: Sezalpiniyadoshchalar
(Caesalpinioideae
),
Mimozadoshchalar
(
Mimosoidcac),
Kapalakdoshchalar
(
Faboideae Papilionodeae
).
Sczalpiniyadoshchalar oilachasining turlari O'zbekistonda
tabiiy holda nihoyatda
kam uchraydi. Bularga Griffit arg'uvoni (
Cercis griffithii
), Gimnokladus
(
Gymnocladus
) kabilar kiradi.
Mimozadoshchalar oilachasining ayrim turlari O'zbekistonda manzarali o'simlik
sifatida ekiladi. Akatsiya (
Acacia
) va albitsiya (
Albizia
) turkumlarining ba’zi turlari
bunga misol bo'ladi. Turlarga boyligi, tabiatda va qishloq xo'jaligida madaniy o'simlik
sifatida keng tarqalgani bilan Kapalakdoshchalar oilasi alohida o'rinda turadi. Oilaga
Astragal (
Astragalus
), Oksittropis (
Oxytropis
), Burchoq (
Vicia
), Beda (
Mcdicago
) kabi
turlarga boy yirik turkumlar; turlari madaniy o'simlik sifatida ko'plab ekiladigan No'xat
(Cicer), Yeryong'oq (
Arachis
), Loviya (
Vigna
), Fasol (Phaseolus), Burchoq (
Vicia
)
kabi turkumlarning ko'pchilik turlari; Shirinmiya (
Glycyrrjiza
), Oqquray (
Psoralea
),
Qashqarbeda (
Mclilotus
) va Afsonak (Thermopsis) turkumlariga
kiruvchi dorivor
o'simliklar; Beda (Mcdicago), Yantoq (
Alhagi
), Scbarga (
Trifolium
) singari turkumlari
sifatli yem-xashak bo'ladigan turlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, oilachaning ba’zi
turlari katta-katta hududlarni egallab, o'simliklar qoplamining shakllanishida ham
muhim rol o'ynaydi.
Dostları ilə paylaş: