4.
Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo’llaniladigan ikki oila turlari
dorivorlk xususiyati haqida ma’lumot to’plang.
Nazorat uchun savollar. 1.
O’zbekistonda Dukkakdoshlar va Toshbaqatoldoshlar oilasining nechta
turkumga oid turlar o’sadi?
2.
Fabaceae
oilasining O’zbekistonda uchraydigan turkumi va unga mansub turlar
nomini ayting?
3.
Dukkakdoshlar oilasi gulining boshqa oila vakillari gulidan farqini ko’rsating?
4.
Rutaceae
oilasiga mansub turkumlarni ko’rsating?
5.
Toshbaqatol o’simligi bargaining o’ziga xos xususiyatini ayting?
MAVZU: PISTADOSHLAR ( ANACARDIACEAE ), ZIG’IRDOSHLAR ( LINACEAE ) VA YORONGULDOSHLAR (GERANIACEAE) OILASI TURLARI NOMEKLATURASINI TAHLILI VA O’RGANISH QOIDALARI. Pistadoshlar — Anacardiaceae oilasiga 80—85 turkum va 600 ga yaqin turlar
kiradi. Ular asosan tropik va subtropik hamda issiq mo'tadil iqlimli hududlarda
tarqalgan. O'rta Osiyoda 2 turkumga mansub 3 turi, O'zbekistonda esa 2 turkumga oid
2 turi o'sadi. Oila 5 ta oilachaga bo'linadi. Bu oilaga bir yoki ikki uyli daraxt va butalar
kiradi. Barglari oddiy yoki murakkab, yonbargchasiz to'kiladigan yoki doim yashil,
shoxlarida smola yo'llar bor. To'pgullari ro'vak. Gullari mayda, ikki yoki bir jinsli,
aktinomorf. Kosacha va gultojibarglari 3—5 tadan, ba’zan gulqo'rg'oni oddiy.
35
Changchisi 5 yoki 10 ta, ba’zan ko'p yoki aksincha kamroq. Tugunchasi ustki, bir yoki
3—5 ta erkin yoki qo'shilib o'sgan urug'chibarglardan iborat. Gul formulasi: Ca
3-5
Co
3-
5
A
3-10
G
1-(3-5)
. Mevasi danakcha yoki yong'oqcha.
Oilaning O'zbekistonda tarqalgan turkumlaridan biri