Totum ( Rhus ) kichik daraxt
yoki butalardan iborat. Barglari navbat bilan joylashgan, oddiy, uch bo'lakchali yoki
patsimon. Gullari bir jinsli yoki ikki jinsli, bir yoki ikki uyli. Kosacha va gultojibarglari
5 tadan, changchisi 5 ta. Mevasi mayda, qizil rangli danakcha.
O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda 1 ta turi totum (
Rh.coriaria ) o'sadi. U
kichik, kam shoxlangan daraxt yoki buta. Bo'yi 1—3(5) m gacha yetadi. Barglari toq
patsimon, uzunligi 15—18 sm. Bargchalari tukli, bandsiz, cho'ziq-tuxum sim on yoki
nashtarsimon, chetlari yirik kungirali-arrasimon. Gullari ro'vakda o'rnashgan.
Changchi va urug'chi gullari alohida-alohida ro'vaklarda joylashgan. Changchisi 5 ta,
ba’zan 10 ta. Mevasi asosan sharsimon, shirali. O'zbekistonda Surxondaryo va
Toshkent viloyatlarining tog'li tumanlarida o'sadi. Totum barglarida tanid moddasi bor.
Totumdan olingan tanid tibbiyotda, vinochilikda, to'qimachilik sanoatida ishlatiladi.
Totum barglari va novdalaridan qora, mevalaridan qizil, ildiz po'stlog'idan jigarrang
bo'yoqlar olinadi.
Zig'irdoshlar — Linaceae
oilasiga 6 turkum va 250 taga yaqin tur kiradi.
O'rta Osiyoda 1 turkumga oid 9 turi, O'zbekistonda esa bitta turkumga mansub 5 turi
tarqalgan. Asosan o't o'simliklar, yarimbuta va butalar kiradi. Ular ayniqsa, mo'tadil va
subtropik iqlimli hududlarda tarqalgan. Barglari oddiy, bandsiz, navbat bilan yoki
qarama-qarshi joylashgan, yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari ikki jinsli,
aktinomorf. Kosacha va gultojibarglari (4)-5 ta. Urug'chisi 5 tadan. Tugunchasi ustki.
Gul formulasi: Ca5 Co5 A
∞
G (5) . Mevasi ko'sakcha.
Zig‘ir ( Linum ) turkumining O'rta Osiyoda 9 turi, O'zbekistonda 5 turi o'sadi.
Turkumga bir yillik va ko‘p yillik o't o'simliklar kiradi. Asosan tog’li hududlarda
o’sadi. Shundan bitta moyli zig‘ir (
L.humile ) madaniy o‘simlik sifatida ekiladi Poyasi
shoxlangan, nashtarsimon barglar bilan qalin qoplangan. Barglari oddiy, navbat bilan
yoki qarama-qarshi bo‘lib joylashgan. Gullari aktinomorf, havorang, sariq, ba’zan
pushti, qo‘shaloq gulqo‘rg‘onlidir. Kosachasi va gultojibargi 5 tadan. Changchisi
10 ta bo‘lib, 5 tasida normal changdonlar bor, qolgan 5 tasida changdonlar
bo’lmaydi. Onaliklari qo‘shilib o‘sgan 5 ta mevachabargdan iborat. Mevalari -
ko‘sakcha yoki danakcha. Urug'ida endosperm bolmaydi. Urug'chisi 5 ta.