Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi Soliq
kodeksining 237-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan:
1
• O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2
• tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir
milliard so’mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo’shilgan qiymat solig’ini
to’lashga o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
3
• O’zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi
chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb
O’zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa;
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi Soliq kodeksining 237-
moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
qiluvchi yuridik shaxslar
tushuniladi. Jumladan:
4
• faoliyatni O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi
chet el yuridik shaxslari;
5
• oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) doirasida
amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha -oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi
zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
6
• O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o’tuvchi
shaxslar.
Mazkur shaxslar bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qo’shilgan qiymat
solig’ini to’lovchilar deb e’tirof etiladi.